O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet165/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: «General Sobir Raximov» to`g`risida hikoya.

E`tiborga molik jihati: bolalarda vatanparvarlik ruxini, o`z xalqiga nisbatan muxabbat va g`urur tuyg`ularini shakllantirish.
Fan va tabiat markazi
«Qumning xususiyatlari»
Maqsad: qumning xususiyatlarini biladi, qum quruq, to`kiladi, undan nonchalar yasab bo`lmaydi, nam qum-to`kilmaydi, undan yasasa bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qum, suv, qumli qoliplar, maxsus konteysnerlar
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar ushbu markazning vazifasi bilan tanishishadi va uskunalarni ko`rib chiqishadi.

  2. 1-tajriba : «xo`l qum».Bolalar qumni elakka to`ldirib olishadi. (Qum oson o`tadi). Bolalar tajriba o`tkazishadi, buning uchun leykachalar bilan qumga suv quyishadi, so`ngra aralashtirishadi. Qoliplardan bir nechta shakllar yasashadi. Qumning xususiyatlarini va shaklini o`zgarishini kuzatishadi.

  3. 2-tajriba «quruq qum». Doskada qumdan naqshlar tasvirlangan. Kichikroq patnislardagi qumlarga bolalar o`z naqshlarini chizishadi.

  4. Bolalar bu tajribalarni grafik xolda qayd etishadi.

Qo`shimcha qism: sayrda qum bilan o`yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash taklifi beriladi.
E`tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayoning aktivlashuvi, kuzatish va xulosa qilishni bilish.
Fan va tabiat markazi
To`kiladigan jismlarni hajmini o`lchash.
Maqsad: shartli o`lchovda tukiladigan jismlarning hajmlarini o`lchay oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: to`kiladigan jismlar uchun shartli o`lchamlar, keng va tor konteynerlar, turli sig`imlar, turli hajmdagi krupalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar to`kiladigan jismlarni o`lchaydigan kskunalarni o`rganishadi.

  2. Taklif etilgan krupalar, shakar va x.z larni o`lchashadi.

  3. Berilganlarni jadvalga kiritishadi (katta hajmdan kichikka qarab).


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling