O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet36/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Jihoz va materiallar: lego, Qo`shimcha qism detallar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Yuk mashinasi» suratini tomosha qilish;

  2. Yuk mashinasini yasash uchun lego bo`laklarini tanlab oladi;

  3. Yuk mashinasining yasalishi;

  4. Bolalar bir-birlariga ishlarini ko`rsatishadi.

Qo`shimcha qism: yuk mashinasini qurilish materiallaridan ki qutilardan yasash.
E`tiborga molik jihati: matematik bilimlarni mustahkamlash, hajm va miqdorni o`zaro bog`lash.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
«Non isi» A.Navoiy
Maqsad: A.Navoiyning «Non isi» hikoyasi bilan tanishish. Aktyorlik mahoratni namoyon etish, non va non mahsulotlarini aziz deb tasvirlayotgan so`zlarning ma`nosini anglash.
Jihoz va materiallar: nonlar, savat, shox uchun taxt, kostyumlar, sallalar, stol va ko`rpachalar, dasturxon, gullar.
Faoliyatning borishi:

  1. A.Navoiyning «Non isi» hikoyasini eslab gapirib berish.

  2. Rollarni bolalarga bo`lib berish.

  3. A.Navoiyning «Non isi» hikoyasi saxnalashtirilishi

Qo`shimcha qism: saxna ko`rinishi uchun musiqa jo`rligini taklif etish.
E`tiborga molik jihati: bolalar bir-birlarini o`zaro xurmat qilishlari, muloqot qilishlari, nutq va ijodiy qirralarining rivojlanishi.
Nutq va savoDxonlik markazi
Suxbat «Non nimadan tayyorlanadi?»
Maqsad: bug`doy, tegirmon, un, unning xosil bo`lishi kabi so`zlarning ma`nosini biladi. Un mahsulotri turini biladi.
Jihoz va materiallar: don solingan likopchalar (arpa, bug`doy, so`li),un solingan likopcha, nonning turli xil turlari, o`stirilgan so`li doni, «Non qanday paydo bo`lgan» taqdimot.
Faoliyatning borishi:

  1. «Non qanday paydo bo`lgan» slayd-taqdimotini ko`rish;

  2. Bolalar donlarni ko`rib chiqishadi va nomlarini eslab qolishadi;

  3. Mavzuli kartochkalarga qarab bolalar bug`doydan

un xosil bo`lish jarayonlarini aytib berishadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling