O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet4/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`z kompozisiyalarini mayda o`yinchoqlar(archalar, daraxtlar, uychalar, qayiqchalar va shu kabilar) bilan bezash mumkinligini tushuntirib o`tadi, rasmga aloqador so`zlar bilan tanishtiradi
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarda hayot va ilmni bir-biriga bog`lash ko`nikmasini hosil bo`lishiga.

  2. Tasavvur va nutq faoliyatini rivojlanishi.

  3. Hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.

San`at markazi
O`zbekiston milliy bayramlari (Tasviriy tasviriy faoliyat)
Maqsad: O`zbekiston milliy bayramlari bilan tanishtirish, bayramlar o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarini tushuntirish, milliy urf-odatlar bo`yicha tasavvurga ega bo`lish
Jihozlar va materiallar: bayramlar sur`atlari to`plami, AKT, qog`oz, bo`yoqlar, bo`yoqlar uchun maxsus stakanchalar
Faoliyatni olib borilishi:

  1. «Milliy bayramlar» mavzusida sur`atlar bilan tanishish

  2. Bayramlar mavzusida suhbat

  3. Bolalar bilan biror bayramni chizish uchun tanlash

  4. Chizish jarayoni

  5. Ko`rgazma yaratish

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalardan bayramlar mavzusida she`r va qo`shiqlar aytib berishini so`raydi, ota-onalar uchun ko`rgazma tashkil qilish
E`tiborga molik jihati:

  1. Ish jarayonida bolalarda tartib va ozodalikni nazorat qilish.

  2. Gigiyenik me`yorlarga rioya qilish.

3.Ota-onalar uchun ko`rgazma tayyorlash.
Qurish-yasash va matematika markazi
«Teleminora»
Maqsad: Turli qurilish ashyolaridan teleminora qurish, shakllarni nomlash va ulardan qurilishda foydalanish, sanashni bilish, shuningdek ranglar va shakllarni farqlash
Jihozlar va materiallar: kublar, geometrik shakllar (figuralar), qurilish bloklari, teleminora tasviri tushirilgan sur`atlar

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling