O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet114/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:

  1. O`yin qoidalari bilan tanishish.

  2. Rollarni taqsimlash;

  3. O`yin rejasini tuzish.

  4. Xulosa qilish: bolalar fikriga ko`ra amalga oshmagan holatlarni muhokama qilish, o`yindan tassurotlarini so`zlash, bolalar yana o`ynashni hoxlaydilarmi?

Qo`shimcha qism: MTMning tibbiyot xonasiga va dorixonaga ekskursiya uyushtirish.
E`tiborga molik jihati: o`yinda hamkorlariga nisbatan do`stona muloqatda bo`lish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Ohanrabo (magnit) bilan tajriba.
«Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?», «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?» «Raqsga tushayotgan qistirgich» - stol tagida ohanrabo (magnit) yurgizish.
Maqsad: Ohanrabo (magnit)ning xusuiyatlari bilan tanishish, buyumni o`rganib, tajriba o`tkazish, ilmiy farazlarni o`rganib, xulosalar qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: yog`ochdan yasalgan buyumlar, temir buyumlar, plastmass, po`lat, qog`oz; ohanrabo (magnit).
Faoliyatni olib borilishi: Ohanrabo (magnit) - kundalik hayotimizning bir
qismidir.

  1. tajriba «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?»

  1. Tajriba o`tkazishda hamma buyumlarni ikki guruhga ajratish: temir va temir bo`lmagan buyumlar. Navbat bilan ohanraboni birinchi va ikkinchi guruh buyumlariga yaqinlashtiriladi. Shunda aniqlanadiki, temir bo`lmagan buyumlarni oxanrabo o`ziga tortmaydi, biroq, temir buyumlar oxanraboga darrov yopishadi, ba`zilari esa uni tortish kuchini sezmaydi.

Xulosalar: oxanrabo po`lat, nikel, temir va shunga o`xshash buyumlarni o`ziga tortadi, yog`och, plastmassa, qog`oz, matoni tortmaydi.

  1. tajriba «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?»

Maqsad: bolalarni oxanraboning suvdagi xususiyatlari bilan tanishtirishda davom etish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling