Faoliyatni olib borilishi:
Non haqidagi maqllarni yodga solish.
Bug`doyni boshoqdan ajratish.
1-tajriba.Bug`doyni kofemaydalagichda yanchish.
2-tajriba: men bir xaltachaga unni solaman, ikkinchisiga esa bug`doyni. Aralashtiramiz, paypaslab ko`ringchi qaysi birida un? Qaysi birida don? Qanday topdingiz?
Mayda va yirik yanchilgan donni ajratish.
Qo`shimcha qism: Tegirmon aks etgan suratlarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: markazda ishlash chog`ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Tajriba: «Elektr haqida tushuncha» .
Maqsad: insonlar hayotida elektr tokining o`rni va ahamiyati, elektr tokidan notug`ri foydalanish oqibatlarini tushuntirish, elekt tajribasi bilan qiziqtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastmass chizg`ich, rangli toshlar, jun mato, pufakcha (shar), qog`oz parchasi va yaltiroqqog`oz (folga).
Faoliyatni olib borilishi:
Elektr toki haqida tarbiyachi hikoyaqilib beradi.
1-tajriba chizg`ichni jun matoga ishqalab, qog`oz parchalariga yaqinlashtirish.
2-tajriba «Shiftdagi pufakcha». Havo to`ldirilgan pufakchani sochga yoki jun matoga ishqalash.
3-tajriba «Raqsga tushuvchi buyum». Ruchkani jun matoga ishqalash va yaltiroq kog`ozga (folga) yakinlashtirib yengil harakatlantirish kerak, natijada yaltiroq qog`oz qimirlashni boshlaydi (o`ynashni).
Xulosa chiqarish.
Qo`shimcha qism: mavzuga oida multfilm ko`rish.
E`tiborga molik jihati: diqqatni va ilmga ishtiyok uyg`otish.
«Til va nutk» markazi
Mavzu: «Dunyo mamlakatlariga sayohat». AKT dan foydalangan holda.
Maqsad: globus, dunyo xaritasi hakida tushunchaga ega. Dunyoni turli qit`asida har xil millatlar yashashi, har bir davlatni o`ziga xos urf odatlari borligini bilish, boshqa mamlakatlarda yashovchi odamlar hayotiga qiziqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |