Qo`shimcha qism: ertak saroyi aks etgan suratlarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni jamoa bo`lib ishlashga, hamkorlik jarayonida o`zini tutish madaniyatiga, boshlangan ishini yakuniga yetkazishga o`rgatish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujetli-rollio`yin «Kitob do`koni»
Maqsad: jamoaviy o`yinda faol ishtirok etadi, o`yin syujetiga muvofiq holda o`zining rolini bajaradi, aktyorlik mahoratini ko`rsatadi, barcha o`yinchilarni muhokama qiladi va ular bilan kelisha oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: o`yin uchun atributlar, do`kon, tokchalar, kitoblar, jurnallar.
Faoliyatni olib borilishi:
Tashkiliy qism. O`yin mazmuni bo`yicha suhbat.
Rollarni taqsimlash.
Bolalarning o`yinlari.
Faoliyatni yakunlash.
Qo`shimcha qism: Kitob do`koniga ekskursiya. AKT.
E`tiborga molik jihati: do`stona munosabatlarni, tengdoshini qo`llashga tayyorligi, do`stlarining fikriga quloq solish va amal qilish, baxslarni to`g`ri hal etish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Suyujetli - rollio`yin: «Kutubxona»
Maqsad: «Kutubxona» va «Kutubxonachi» kasbi bilan tanishish, kasbga mos harakatlarni bajarish. Kitoblar haqida gapirib berish, kitobxon varaqasini to`ldirish, kerakli kitobni topish.
Kerakli Jihoz va materiallar: guruhdagi bolalar kutubxonasi, kitobxon varaqasi (formulyar), ruchka, ro`yhatga olish daftari.
Faoliyatni olib borilishi:
Tashkiliy qism.O`yin mazmuni bo`yicha suhbat.
Rollarni taqsimlash.
Bolalar o`yini.
Faoliyatni yakunlash.
Qo`shimcha qism: Kutubxonaga ekskursiya.
E`tiborga molik jihati: Bolalarning kutubxona va kutubxonachi kasbi haqida tushunchalarini shakllantirish. Kitobga mehr qo`yishga o`rgatish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |