O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet126/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: tanlangan harf yordamida so`z tuzish.
E`tiborga molik jihati: harflarga muvofiq buyumlarni mustaqil holda juftini tuzadi.
Fan va tabiat markazi
Quyosh - yorug`lik va issiqlik manbayi.
Maqsad: quyosh nurlarini foydali va zararli jihatlarini, bizning hayotimizdagi ahamiyatini biladi.
Jihoz va materiallar: kichik ko`zgu va nur qaytaruvchi anjom (disklar, yaltiroq qog`oz, metall buyumlar va h.k.)
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Xonada quyosh nurlari borligini kuzatish?

  2. Tajriba: «Quyoshli quyoncha»

Ko`zgu yordamida «Quyoshli quyoncha»ni qanday qilib ushlash mumkinligi aks etgan suratni tomosha qilish. Bolalar ham shu jarayonni takroran bajarishga urinib ko`rish.

  1. Nur qaytaruvchi jihozlarni topish, ular yordamida «Quyoshli quyoncha»ni hosil qilishga urinib ko`rish.

  2. «Quyoshli quyoncha»ni hosil qiladigan buyumlarni kuzatuv varaqasiga yozib qo`yish. Qo`shimcha qism: «Quyoshli quyoncha»qo`shig`ini tinglash.

E`tiborga molik jihati: quyoshga tik qarab bo`lmaydi, quyosh tushgan ko`zguni bir- birining ko`ziga qaratib bo`lmaydihayot havfsizligi saboqlari
San`at markazi
Loy ishi. «Quyoshjon ko`rin!» (relyefli, dekorativli) Maqsad: plastik vositalar yordamida quyosh timsolini yaratish, relyef texnikasini o`zlashtiradi, (plastilin) quyosh nurlari variantlarini ishlatadi (nuqta, dioralar, dog`, uchburchak, to`g`ri, to`lqinsimon, jingalak, burama cho`zmalar).
Jihoz va materiallar: keramik plitka yoki karton kvadratlar 10x10, 15x15, 20x20 sm; o`lchmida, plastilin, steklar, chiroyi tugmachalar va ko`zmunchoqlar. amaliy bezak san`atining bir nechta namunalari.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. dekorativ ramzlariaks etgan surtani tomosha qilish, to`lqinsimon chiziq- suv yoki yo`l, romb - madoncha, doira - quyosh.

  2. jadvallar yordamida dekorativ variantlarni ko`rsatish (nuqtalar bilan diora, to`lqinsimon chiziqlar bilan va bosh.)

  3. Bolalarni mustaqil faoliyati. Namunaga ko`ra ishlash.

  4. Bolalar ishlaridan ko`rgazma uyushtirish.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling