O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet125/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

«Onam uchun taqinchoq» Maqsad: bir nechta belgilarga ko`ra tasniflashni (kattalik, rang, tarkib), bilakuzukni qismlarini tartib bilan joylashtirishni biladi, ritmga rioya qiladi.
Jihoz va materiallar: har bir bolaga bilakuzukning asosiga
6-10 ta tugmalar har xil rang va uzunlikdagi simchalar yoki 25 sm uzunligidagi shlyapa tizimchasi. Tarbiyachi ko`rsatishi uchun har xil rangdagi va o`lchamdagi karton doirachalar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalarga tugmalardan bilakuzuk uchun bezak qilishni taklif etish.

  2. Katta kichikligiga qarab, tugmachalarni saralash (stolni o`ng va chap tomonlariga joylashtirish) so`ng rangiga ko`ra.

  3. Bolalarni takliflari bilan tarbiyachi doskada xalqalar yordamida yasash mumkin bo`lgan variantlarni modellashtiradi (hajmi bo`yicha - eng kichikdan enga kattagacha va aksincha; markazda katta tugmacha, ikki tomonida kichiklari, navbati bilan katta-kichik, katta-kichik, keyin rangiga ko`ra)

  4. Namuna asosida simchaga tugmalarni terishni ko`rsatish.

  5. Mustaqil faoliyat.

Qo`shimcha qism: singlimga va do`stimga bilakuzuk yasab berish.
E`tiborga molik jihati: sim bilan ishlaganda ehtiyot bo`lish, do`stona va ijodiy muhitni yaratish, hayot havfsizligi saboqlari
Til va nutq markazi
«Kerakli tovushdagi so`zni ayt!» .
Maqsad: kerakli tovushdagi so`zni topish, diqqat bilan eshitishni rivojlantirish, xotira, nutq va mantiqiy tafakkur.
Jihoz va materiallar: harflar yoilgan kartochkalar, buyum va hayvonlar aks ettirilgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bola harf yozilgan kartochkani olib, harfni aytadi.

  2. Tanlangan harfdan boshlangan o`simlik, qushlar, hayvonlar va buyumlar aks etgan kartochkani oladi.

  3. Harfni va unga tegishli so`zni atadi: «A»- ayiq, «B» - baliq, va h.k.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling