E`tiborga molik jihati: bolalar jamoadado`stona o`ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o`ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
«Nutq va savoDxonlikka o`rgatish» markazi
K.I.Chukovskiyning «Fyodorning qayg`usi» ertagini o`qish
Maqsad: badiiy asarni diqqat bilan eshitadi, qaxramonlarga xayrixoxlik bildiradi, syujetga nisbatan emosional ravishda javob beradi, yumorni tushunadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: K.I.Chukovskiyning «Fedorning qayg`usi» asariga ishlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar rasmlarni tomosha qilishadi.
Badiiy asarni yoki uning qismlarini mustaqil o`qish.
Qo`shimcha qism: mavzuga doir rasmlarni bo`yash.
E`tiborga molik jihati: bolalar asarni o`qiy olishi va tushunishi, tovushlarni toza talaffuz qilishi.
«Nutq va savoDxonlikka o`rgatish» markazi
«Oshxona uchun, ovqat uchun, choy uchun» idishlarni tegishliligiga qarab kvalifikasiya qilish.
Maqsad: idish-tovoqlar, uni yo`nalish bo`yicha ishlatilishiga va turlari to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi, uni kvalifikasiya qila oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Oshxona», «Choyxona» nomli bolalar o`yinchoq idishlar jamlanmasi; idish-tovoqlar tavvirlangan kartochkali rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Idishlar to`g`risida topishmoqlar tinglashadi va topishadi.
Didaktik o`yin «Nima uchun?»
Masalan: Bu kastryulya. Kastryulyada sho`rva pishiriladi. (paqir, tova, piyola, cho`mich, tog`ora, kapkir, chovli)
Idish-tovqni tomosha qilish, Oshxona», «Choyxona» vazifasiga qarab
klassifikasiyalash.
Qo`shimcha qism: qadimgi idishlar tasvirlangan rasmlarni ko`rish.
E`tiborga molik jihati: bolalar idishlarning vazifasini bilishi, ularni ishlatilishiga qarab klassifikasiya qila olishi.
Fan va tabiat markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |