Jihozlar va materiallar: O`zbekiston sur`atlari, O`zbekiston adabiyoti, AKT, diskda slaydlar, haykalchalar, maketlar
Faoliyatni olib borilishi:
«Yurtimiz qadimiy shaharlari» mavzusi bo`yicha sur`atlarni ko`rib chiqish
Sur`atlar bo`yicha hikoyalar tuzish
O`lkamizni diqqatga sazovor joylari sur`atlarini ko`rib chiqish
Mustaqil ravishda yoki tarbiyachi yordamida shaharlar nomini o`qish, diqqatga sazovor joylarni ko`rib chiqish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi shahrimiz qadimiy binolari maketini ko`rib chiqishni taklif qiladi
E`tiborga molik jihati:
Bolalarni lug`at bo`yicha yangi so`zlar bilan boyitilishi.
Tushunmagansavollarigajavobizlash.
Fan va tabiat markazi
Sabzavotlar va mevalardan bo`yoqlar tayyorlash (lavlagi, sabzi, bodring, shaftoli, uzum, kokatlar, piyoz, yongoq, barglar va maysalar)
Maqsad: O`lkamiz ona tabiati zahiralari, sabzavot va mevalarning hususiyatlari bilan tanishtirish, loy, suv va qumni bo`yash amaliy mashg`ulotlarini o`tkazish
Jihozlar va materiallar: fartuk, sabzavotlar, mevalar, ishtaxtasi, pichoq, qo`l bola sharbat-siquvchi moslama, idish, qum, loy, suv
Faoliyatni olib borilishi:
Sharbat beruvchi meva va sabzavotlarni aniqlash
«Tabiat ranglari» mavzusi bo`yicha rasmlar bilan tanishish (nimadan qaysi rang olish mumkin?)
Tanlangan meva va sabzavotlardan sharbat olish jarayoni
Qum, suv va loyga rang berish
Bolalar ishlarini ko`rib chiqish (muhokama qilish) va rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi ranglar aralushuvidan qo`shimcha ranglar hosil qilish o`rgatadi
E`tiborga molik jihati:
Bolalarda ish ketma-ketligi va gigiyena me`yorlariga amal qilishni shakllantirish.
Hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.
San`at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |