O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet3/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`z kompozisiyalarini mayda o`yinchoqlar (avtomobilchalar, bayroqchalar, daraxtlar va shu kabilar) bilan bezash mumkinligini tushuntirib oladi, rasmga aloqador so`zlar bilan tanishtiradi
E`tiborga molik jihatlar:

  1. Bolalarni jamoa bo`lib ishlashlariga.

  2. Tasavvur doirasini kengaytirish,

  3. Bola hayoti havfsizligiga.

Syujet-rolli o`yinlar va Dramatizasiya markazi
«Yosh turistlar»
Maqsad: ona yurt tushunchasiga ega bo`lish, bolalarda jamoada o`zaro fikr almashish ko`nikmalarini rivojlantirish, qiziqishlarini uyg`otish
Jihozlar va materiallar: rasmlar, AKT materiallari, ryukzaklar, kepkalar, fotoapparat, pul mulyaji, xarita, binokl, kompas, ona yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari sur`atlari
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Ekskursiya yo`nalishini shahar yoki ko`cha bo`yicha rejalashtirish

  2. Kerakli jihozlar va materiallar va qurollar to`plami

  3. Shahar yoki ko`cha bo`ylab ekskursiya

  4. Yosh turistlar ekskursiyasini muhokama qilish va rag`batlantirish

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ekskursiya yo`nalishlarini tuzib chiqishni taklif qiladi
E`tiborga molik jihati:

  1. har bir bolaga e`tibor qaratish.

  2. hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.

Fan va tabiat markazi
O`lka relyefi (shahar, vodiy, daryolar)
Maqsad: relyef (shuningdek, shahar, vodiy, daryolar relyefi) tushunchasi bilan tanishish,o`lkamiz relyefi maketini yaratish, shahar, vodiy, daryolar bilan tanishish, bir- biridan farqlash
Jihozlar va materiallar: qum, suv, loy, toshlar, shakllar, chelak, belkurakchalar, haskashlar, plastmas panjaralar
Faoliyatni olib borilishi:

  1. «Mening o`lkam» mavzusida videofilm yoki sur`atlarni ko`rib chiqish

  2. Bolalar bilan o`lkamiz relyefi maketini rejalashtirish

  3. O`lkamiz mini-relyefini yaratish

  4. Bolalar ishlarini taxlil qilish va rag`batlantirish


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling