Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga qiz bola va o`g`il bolaning magnit o`yinchog`ini , ularning kiyimlarini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: markazda o`ynash davomida o`ynab, o`z ortidan yig`ishtiishga o`rgatish.
Fan va tabiat markazi
«Kiyim-kechak, bosh kiyim, poyabzal yasaladigan matolar nimadan tayyorlanadi» .
Maqsad: mato, terining kelib chiqishi haqida tasavvur hosil qilish, matolarni sifatiga ko`ra ajrata olishga o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: paxta, jun, mo`yna, teri, shoyi, poxol, pat namunalari. Kiyimlar, bosh kiyimlari rasm-kartochkalari, qo`g`irchoqlar kiyimlari, poyabzallar.
Faoliyatning borishi:
Kiyimlar, poyabzal, bosh kiyimi rasmlarini ko`rib chiqish.
Paxta, jun, mo`yna, teri, shoyi, poxol, pat namunalarini o`rganib chiqish.
Ushbu namunalarning kelib chiqishini aniqlash: paxta, bo`z - o`stiriladi, teri, mo`yna - hayvonlarning terisidan qilinadi.
Rasmli materiallar namunalarini taqsimlash.
Kiyim, bosh kiyimi, poyabzal qanday materialdanqilinganliginianiqlash. Qo`shimcha qism: pillachilik, pilla qurti to`g`risidagi slaydlarni taklif qilish. E`tiborga molik jihati: tengdoshlarni diqqat bilan tinglash, o`z Qo`shimcha
qismlarini kiritish.
San`at markazi
Dekorativ rasm chizish «Kiyimni chiroyli naqsh bilan bezash»
Maqsad: rangli qalamlar bilan rasm chizish va tasvirni bo`yash ko`nikmasini hosil qilish, kompozisiya tuyg`usini rivojlantirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: rangli qalamlar, salfetkalar, qog`ozdan yasalgan ko`ylak, ro`mol, sarafan.
Faoliyatning borishi:
Kiyimlar ko`rgazmasini tomosha qilish: ko`ylak, ro`mol, sarafanlar.
Kiyimlar qanday bezalganligiga e`tibor qaratish (gullar, naqshlar, geometrik shakllar bilan).
Bolalarning ijodiy ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |