O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet69/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

«Rangli muz yasaymiz»
Maqsad: qor, muz, suvning xossalari haqida oddiy tushunchalarga ega bo`lish. Topshiriqni bajarishga ijodiy yondashish.
Kerakli Jihoz va materiallar: muz, muz erishiga mo`ljallangan idish, bo`yoqlar, muzlatish uchun shakllar, rangli muzdan hosil qilinadigan haykallar haqidagi slaydlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Muz parchalarini ushlab ko`rish, ular bilan o`ynash, muz xossalarini eslab ko`rishni taklif qilish.

  2. Turli shakllardagi rangli muz yasashni taklif qilish.

  3. Umumiy patnisda rangli muz parchalaridan naqshlar yasash.

  4. Naqshning erishi, bo`yoqlarning aralashib ketishi jarayonini kuzatish.

Qo`shimcha qism: bolalarga muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishni taklif etish.
E`tiborga molik jihati: tushuntirish va o`tgan tajribani umumlashtirish, tabiat va tabiat hodisalarini sevish va ulardan hayratlanish.
Qurish va yasash markazi
«Sport haqidagi rasmni yig`ib chiq» (pazllar)
Maqsad: qo`llarningmotorikasini rivojlantirish, e`tiborni jamlash, sportning turli shakllari haqidagi bilimlarni o`zlashtirish, sportga qiziqish va sport bilan shug`ullanish istagini qo`llab-quvvatlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: sportga oid rasmlarning pazllari, turli sport shakllari haqidagi rasmlar
Faoliyatning borishi:

  1. Turli sport shakllari haqidagi rasmli kartochkalarni tomosha qilish.

  2. Bolalar pazllarni yig`adi.

  3. Bolalar rasmi hosil bo`lgan sport turining nomini aytadi.

Qo`shimcha qism: bolalar yana qanday sport turlarini bilishini aytib beradi.
E`tiborga molik jihati: so`zlarni to`g`ri tanlash va o`z fikrini ifodalash uchun gap tuzish.
San`at markazi
Rasm chizish «Menga qaysi sport turi yoqadi»
Maqsad: badiiy ifodalashga qiziqishni oshirish, syujetning asosiy alomatlari, nisbatlar va ranglarni ifodalaydi. Sport turlari haqidagi bilimlarni boyitadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling