S, Z tovushlari. Bu tovushlar sirg’ aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi. Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to’ g’ rilash, yuqorida qayd etilganidek, bolada bu tovushlarni eshitib, ularni bir-biridan farqlash malakalarini rivojlantirishdan boshlanadi. So’ ngra artikulyatsion mashqlar o’ tkaziladi. Keyin esa shu tovushlarning to’ g’ ri artikulyatsiyasi o’ rgatiladi. S tovushining talaffuzida artikulyatsion apparat quyidagi holatda bo’ ladi
talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq;
pastki va ustki tishlar esa bir-biriga tegar-tegmas darajada yaqin holatda bo’ ladi;
tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatda bo’ ladi, ya’ ni tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayib boradi, yumshoq tanglay esa biroz ko’ tariladi.
Havo oqimi til va yuqori milkdan sirg’ alib chiqadi.
Z tovushining talaffuzi s tovushi artikulyatsion holatiga o’ xshashdir, faqat unga ovoz qo’ shiladi.
SH va J tovushlari
SH , shovqinli, sirg’ aluvchi til oldi tovush . Bu tovushni talaffuz etayotganda lablar biroz cho’ chchayadi, yuqori va pastki tishlar bir-biriga yaqinlashadi, til uchi muallaq holatda bo’ lib, salgina qisqaradi va yozilib tepa tishlarga tomon ko’ tariladi. Pastki jag’ esa jipslashadi. Til uchi va tishlar oralig’ idan sirg’ alib chiqqan havo to’ lqini sh tovushini vujudga keltiradi.
J , tovushini talaffuz etayotganda pastki tishlar qatori biroz pastga tushiriladi, til uchi tanglay tomon ko’ tariladi, ovoz paychalari esa jipslashgan holatda bo‘lib yengil titraydi.
Ch-tovushi
Ch-tovushi talaffuz etilayotganda lablar biroz cho‘chchayadi, tilning oldingi qismi milkka tegadi, og`iz bo‘shlig`iga kelgan havo sirg`alib chiqib ketadi. To‘la bo‘lmagan ana shu portlash va havoning sirg`alib chiqishi natijasida qorishiq t+sh=ch, d+j=ch undoshlari hosil bo’ ladi. Ovoz paychalari jipslashib, havo oqimi kuchli bo’ ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |