E'tiborga molik jihati: Mashina qismlari haqida tushunchani mustahkamlash.
Sahnalashtirilgan va syujetli-rolli o'yinlar markazi
“Atelye mod”
Maqsad: Dizayner ish faoliyatini tasavvur qila oladi. Diqqat,e'tibor, kuzatuvchanlik,ixtirolar rivojlanadi.
Jihoz va materiallar: mato qiyqimlari, tasmalar, ilgak, ip, qog'ozdan yasalgan katta qo'g'irchoq, qog'ozdan yasalgan tayyor kiyim.
Faoliyatni olib borilishi:
O'yin “Moxirani kiyintirish” ( tayyor kiyimlar)
O'z ishlari bo'yicha bolalar mato tanlaydi
O'zining qo'g'irchog'ini kiyintiradi
Kiyimlar namoyishi
Qo'shimcha qism: Qiyqim matolardan do'sti uchun kiyim yaratadi va x.z
E'tiborga molik jihati: Og'zaki nutq sifatiga ijodiy yondoshish
Til va nutq markazi
Suxbat “Paxtakor mehnat xaqida”
Maqsad:Paxta, ko'rak, buta, paxta terish mashinasi xaqida tushuncha berish.
Jihoz va materiallar:Mavzu yuzasidan paxtadan yasalgan kiyimlar rasmi.
Faoliyatni olib borilishi:
Mavzu bo'yicha she'rni yod olish ( tarbiyachi yordamida).
Paxta ishlab chiqarish mehnati haqida suxbat.
Paxtadan yasalgan kiyimlarni taqqaoslash.
Qo'shimcha qism: Paxta xaqida qo'shiqni tinglash.
E'tiborga molik jihati: Nutqni rivojlanishini nazorat qilish.
Ilm va tabiiat markazi
Paxta xususiyati.
Maqsad: Paxta haqida bilim va tasavvurga ega bo'lish.
Jihoz va materiallar: Paxta iplari, paxta mavzusiga oid rasmlar va plakatlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar haqiqiy paxtani kuzatishadi.
Topishmoqlar yodlashadi.
Plakatga e'tibor qaratadi. “Paxtadan nima ishlanadi?”
Kanvert ichidan mavzuga oid rasm olib tanlashadi va paxtadan nima yasalgan. Bu rasmlar orqali jadvalni to'ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |