Talab: Bola o’z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to’g’ri harakatlanadi. Kutilayotgan natijalar:
bir, ikki, to’rtta bo’lib saflanadi,doira bo’lib, qator bo’lib yuradi;
yurish vaqtida turli buyruqlarni bajaradi;
yengil, tezkorlik bilan,to’siqlardan hatlab o’tgan holda, yo’nalish va muvozanatni saqlab yuguradi;
turgan joyida burilib, oyoqlarini o’ngga-chapga qo’yib sakraydi;
arqonda turli usullarda sakraydi;
arqonli narvon, yo’g’on arqondayuqoriga ko’tariladi;
ikki oyoqli velosipedda uchadi.
Soha: Yirik motorika
Talab: Bola qo’li va barmoqlarini muvofiqlashtiradi va turli maqsadlarda ishlatadi.
Kutilayotgan natijalar:
tasavvurdagi predmetlar (gul, qush, kapalak, qulf)ni qo’llari, barmoqlari bilan ko’rsatadi;
arqonlardan turli tugunlarni tugadi;
o’yin faoliyati mobaynida mayda o’yinchoqlar bilan o’ynaydi;
belgilangan chiziqlar bo’ylab qog’ozni batartib yirta oladi;
mayda qismlardan iborat bo’lgan mozaika va pazllar yig’adi.
Soha: Sensomotorika
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o’z harakatlarini boshqarishga qodir. Kutilayotgan natijalar:
koptokni pastdan, bosh ortidan otadi;
koptokni yer bo’ylab iloniziqilib dumalatadi;
chana, rolik, ikki g’ildirakli velosipedda uchadi;
nishonni to’p bilan ag’daradi (bouling);
gardish (obruch)ni qo’lida, oyog’ida, belida aylantiradi;
halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |