Talab: Bola sog’liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog’lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega.
Kutilayotgan natijalar:
o’zining tashqi ko’rinishiga etibor beradi;
jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
tabiat burchagidagi o’simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
salomatlikka zararli bo’lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o’ynash va hokazo);
bog’chada, ko’chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
piyodalar va velosipedchilar uchun yo’l qoidalarini biladi;
yong’in xavfsizligi – 101, milliy gvardiya – 102, tez yordam – 103, gaz xizmati - 104 telefon raqamlarini biladi;
xavfli vaziyatlarda qanday yo’l tutishni biladi va tushuntiradi;
supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo’qolib qolsa, o’zini qanday tutish kerakligini biladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Talab: Bola o’zini o’ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o’z xatti-harakatiga javob beradi.
Kutilayotgan natijalar:
mustaqillikka intiladi;
o’zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg’ularni anglaydi va farqlay oladi;
o’zining millati, tili va o’z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
o’ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;
shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;
boshqalarga namuna bo’lishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |