O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet45/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Kutuvlar


Tajriba oilaning va pedagogik jamoaning mo’ljallari yoki maqsadlari har doim ham mos kelavermasligi ko’rsatadi. Shuning uchun ham bola qabul qilinishi bilan bolalarni boshlang’ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlar dasturini ota-onalar bilan muhokama etish va bu boradagi muloqotni yil davomida olib borish maqsadga muvofiqdir. Qarashlar va mo’ljallardagi tafovut bir-birini tushunmaslikka va muloqotning izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ota-onalarning ta'lim jarayonida bola nimalalarga erishishi lozimligi haqidagi mo’ljallarini, ular uchun "muvaffaqiyatlilik" nimani anglatishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quv yilining boshidayoq ushbu masalaning muhokama etilishi kelgusidagi muloqotni yo’lga qo’yishga yordam beradi.

XI bob. Rivojlantiruvchi, ta’limiy-tarbiyaviy "Ilmyo’li" variativ dasturidan kutilayotgan natijalar


Rivojlantiruvchi, ta’limiy-tarbiyaviy "Ilm yo’li" variativ dasturi Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o’quv dasturiga asosan ishlab chiqilgan bo’lib, unda 6-7 yoshli bolalarda asosiy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish ko’zda tutilgan: kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, kognitiv.


Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning asosiy faoliyati kuzatuv yordamida bola rivojlanishining har bir sohasi bo’yicha Davlat talablaridan kelib chiqqan holda,

    1. yoshdagi bolaning o’ziga xos bo’lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini ifodalaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi boladan davlat talablariga to’liq mos keladigan ta'lim yutuqlariga qo’yiladigan talablarni to’liq talab etmaydi, ta'lim dasturini o’zlashtirilishini kutilayotgan natijalar shaklida aniqlashni talab qiladi.
Davlat talablariga muvofiq bolalarda kutilayotgan natijalar:

      • to’g’ridan-to’g’ri baholash mumkin emas, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo’l qo’yilmaydi (bolalarni sinovlardan o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi);

      • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatni ob’yektiv baholash hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari faoliyatini xolis baholash uchun asos bo’lmaydi;

      • pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish kabi boshqaruv vazifalarini hal etishda hamda Davlat o’quv dasturini o’zlashtirish sifatini baholashda rasmiy asos bo’la olmaydi.

Bolalarda kutilayotgan natijalar maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasining o’quv jarayoni va kasbiy faoliyatini tahlil qilishda direktor va pedagoglar uchun asos bo’ladi.



Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling