O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet47/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Glossariy


Variativ qism –ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan, iqlim, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlarini, maktabgacha ta’limning turlar xilma-xilligini aks ettiruvchi o’zgaruvchan qism;
Hujjatlashtirish – har qanday ma'lumotni belgilangan shakl va qoidalarga muvofiq yozuvdan foydalangan holda saqlash jarayoni bo’lib, bolalarni kuzatish va ro’yxatga olishda ma'lumotlarning to’liqligini ta'minlashga yordam beradi;
Invariant qism - Davlat o’quv dasturining har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilishi lozim bo’lgan majburiy qismi;
Individual yondashuv - ta'lim beruvchining guruhdagi har bir bolaning faol harakat va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o’qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo’ljallanayotgan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e'tiborga olinishini bildiradi.
Inklyuziv ta'lim – har bir bolaning, shu jumladan, alohida talab-ehtiyojga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatiga ega ekanini ko’zda tutuvchi ta’lim turi;
Integratsiyalashgan rejalashtirish bu bolalarni o’qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir: bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog’liq. Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik, bir butun majmua sifatida qarash lozim. Shu ma’noda turli sohalardagi ta'lim jarayoni o’zaro bog’liq va bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan jarayondir;
Rejalashtirish vositalari - bu faoliyat mazmuni, turlari hamda kutilayotgan naatijalarga erishish imkoniyat (resurs)larini belgilab olish uchun pedagog tomonidan qo’llanadigan vosita, usul va uslublar;
Sifatli pedagogika bolalarni o’yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o’qitish; bolalarning sog’ligini (ham ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan, ularni maktabga muvaffaqqiyatli kirishga yordam beradigan o’qishga qiziqish va xohish uyg’otadigan dasturlar bo’yicha o’qitish; ota-onalarning ijobiy bahosi; o’qitishda ijobiy natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi;
Kompetensiya bolaning mavjud bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik faoliyatida qo’llay olish qobiliyati. Tayanch kompetensiyalar rivojlanish sohalaridan qat’iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling