O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish


Download 2.99 Mb.
bet36/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish


va kuzatib borish


Bolalar sog’ligining kundalik nazorati. Bolalar guruhga kelishi bilan tarbiyachi ular sog’lig’ining holati haqida qaydlar qiladi.
Pedagogning bolalar bilan individual ishlash daftari23. Daftarga rivojlanishning ayrim sohalarida alohida e’tibor qilish lozimbo’lgan bolalar haqida ma’lumot qayd etiladi. Pedagoglar daftardagi ma’lumotlardan pedagogik maqsadlarni qo’yish va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat turlarini rejalatirishda foydalanishi mumkin.
"Portfolio". Bu bolaning guruhga kelganidan tortib ta’limni yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to’plami. Portfoliodan24 rivojlanishning o’z-o’ziga baho berish vositasi sifatida foydalanish, udga bolaning o’z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so’zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nuqt namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, ota-onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og’zaki nutqlari yozilgan audiodisklarni tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo’lgan portfolio ota-onalarga ko’rsatilishi lozim.
Intervyu va suhbatlar. Bolalar kattalar bilan o’z fikrlari, g’oya va ishlari bo’yicha gaplashishni juda xush ko’radi. Bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo’lishi, o’zini qiziqtirgan mavzu bo’yicha bolaning so’zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi bolalarning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko’proq bilishdan iborat.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o’tishi bilan o’zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarni rivojlantirish va o’rganish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi. Rivojlanish xaritalari bolaning rivojlanishi va o’rganishidagi yutuqlarni kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun ishlatiladi.
"Ilm yo’li" variativ dasturida ham bolaning rivojlanish xaritasini Davlat o`quv dasturiga muvofiq yuritish ko`zda tutilgan.


23“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruh pedagoglarining ish jurnali” Toshkent- 2022
24I.V.Grosheva, K.T.Olimov, V.A.Nazarova “Kuzatish va baholash” uslubiy qo‘llanma.34-39-bet. Toshkent-2020.

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling