O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab
Download 276.69 Kb.
|
213-buyruq variativ 2023-2024906
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazir X.Umarova
bir oy muddatda variativ o‘quv rejalar asosida tegishli o‘quv dasturlarni va namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqish;
joriy yil 15-avgustga qadar ushbu o‘quv dasturlar hamda taqvim-mavzu rejalarni hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkazish vazifalari topshirilsin. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin. Vazir X.Umarova Toshkent sh., 2023-yil 19-iyuldagi, 213-son O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 213-sonli buyrug‘iga 1-ILOVA Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha TAVSIYA Ushbu tavsiya quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarori. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinflarida variativ o‘quv rejalari ixtiyoriy ravishda joriy qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejalari joriy etilgan sinflar (keyingi o‘rinlarda – tanlov sinfi) yo‘nalishini o‘zgartirishga va an’anaviy sinfga aylantirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogika kengashi tomonidan tanlov sinfining yo‘nalishi joriy o‘quv yili yakunlanib, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida o‘zgartirilishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinfdagi o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilarning uchdan bir qismi norozi bo‘lsa ushbu sinfda variativ o‘quv reja joriy qilinmaydi. Download 276.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling