O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Isroil-Falastin ziddiyatlarining keskinlashuvi
Download 76.21 Kb.
|
Norqobilov Jahongir 402
1.2. Isroil-Falastin ziddiyatlarining keskinlashuvi
Bugun Isroil-Falastin mojarosi dunyo hamjamiyati diqqat markazida bo‘lib turibdi. Ammo ko‘pchilik mojaroning sababi, kelib chiqish tarixi va uning atrofidagi o‘yinlardan bexabar holda u yoki bu tomonni qoralayapti. Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaro bugun yoki kecha vujudga kelib qolgani yo‘q. Ushbu mojaro asrlar mobaynida davom etib kelmoqda. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak XX asr boshlariga qadar Falastin Usmonli imperiyasining bir qismi bo‘lgan, o‘sha davrda Falastin hududida arablar ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa-da, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bir-birlari bilan yonma-yon, tinch-totuv yashab kelishgan. Balkim uch din vakillarining o‘zaro murosa qilib yashab kelishiga Usmonli imperiyasining kuchli nazorati sabab bo‘lgandir. Birinchi jahon urushidan so‘ng Usmonli turklar imperiyasi parchalanishi oqibatida Falastin hududi Buyuk Britaniya qo‘liga o‘tdi. 1917 yil Buyuk Britaniya dunyoning turli xil hududlariga tarqalib ketgan yahudiylarni Flastin hududida yagona davlatga birlashtirish taklifini ilgari surdi. Bu taklifni dunyoning gegamon davlatlari bo‘lmish AQSH va SSSR ham qo‘llab-quvvatladi. Ushbu taklif Yevropa va boshqa mintaqalarda tarqalib ketgan yahudiylarning Falastinga ko‘chib o‘tishini kuchaytirdi. Bundan tashqari, Germaniya fashistlarining yahudiylarni yer yuzidan “qirish” harakatini boshlashi bilan ko‘chada qolgan yahudiylar Falastin hududini yagona boshpana sifatida ko‘ra boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin yahudiylarning Falastin hududida ko‘payib borishi bu yerlarda asrlar davomida yashab kelgan arablar uchun xavf tug‘dira boshladi va bu ikki millat o‘rtasidagi mojaro qurolli to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Bu esa Buyuk Britaniyaning tinkasini quritgani sabab Arab-Isriol mojarosini hal qilish BMTning zimmasiga tushdi. Yahudiylarning davlat tuzish orzusi Ikkinchi jahon urishidan keyin amalga oshdi. Isroil davlatini tuzishda bosh-qosh bo‘lgan BMT 1947 yil 14 mayda Falastin hududidini ikkiga arab-Falastini va yahudiy-Isroiliga bo‘lib yubordi. Uchala din e’tiqodchilariga muqaddas hisoblangan Quddus shahri xalqaro neytral zonaga aylantirildi va ushbu shahar BMT nazoratiga o‘tdi. Falastin hududida Isroil davlatining vujudga kelishi barcha arab mamlakatlarining xavotiriga va noroziligia sabab bo‘ldi. Natijada arablar va yahudiylar o‘rtasida hududiy muammolar boshlandi. Isroilni o‘rab turgan bir qancha arab mamlakatlarining qarshiligiga va BMT Havfsizlik Kengashining bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramay AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollangnan Isroil to‘qnashuvlarni to‘xtatish o‘rniga, doimiy ravishda Falastinning arablarga tegishli qismi, Suriya, Iordaniya, Livan, qolaversa, Misr hududi hisobiga o‘z maydonini kengaytirib bordi. Bugungi kunda Falastin hududining 78 foiz maydoni Isroil tomonidan egallandi. Ushbu hududlardan arablar ayovsiz quvildi. Qonli to‘qnashuv natijasida 400 ga yaqin tarixiy shaharlar yo‘q qilindi. Qanchadan-qancha tinch aholi qurbon bo‘ldi. Hozirgi kunda aksariyat falastinlik qochqinlar va ularning avlodlari G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i, shuningdek, qo‘shni Iordaniya, 5Suriya va Livanda yashab kelmoqda. Bugungi kungacha yahudiylar xalqaro kengashlarda Falastin hududini ajdodlarining vatani hisoblanishini, ming yillar oldin ushbu hududda yahudiylar yashaganini, bu zaminda ularning to‘la qonli haqlari borligini aytib kelishadi. Hop, agar ularning gaplarida jon bor, deb qaraydigan bo‘lsak, unda keling Amerikaning qizil tanli hindularidan boshlasak. AQSH yangi olam barpo etish ishtiyoqida ikki asr davomida naq o‘n ikki millon hinduni yostig‘ini quritgan. Tarixchilar yevropaliklarni Amerika qit’asiga kirib kelishini hindularga nisbatan bosqinchilik deb atashadi. Shu sabab ular ham ajdodlarining Vatani hisoblanmish AQSH hududini talab qilishi ham mantiqiydir. Bir qarashda ikki millat o‘rtasidagi ushbu mojaro huddi poyoni yo‘qdek. Bugungi kungacha Isroil-Falastin o‘rtasida tinchlik bitimi haligacha tuzilmagani, tomonlar murosaga kela olmayotganida bir birini ayblashadi. Ularning fikricha, Isroil butun Quddusni o‘zining poytaxti deb biladi, falastinliklar esa sharqiy Quddusni kelajakda Falastin davlatining poytaxti bo‘ladi, deb orzu qilishadi. Lekin bugungi kunda siyosiy pozitsiyalardan ko‘rinib turibdiki, Falastinning Quddus borasidagi orzusi orzuligicha qolishi ehtimoli yuqori. Chunki 1967 yildagi olti kunlik qurolli to‘qnashuvdan so‘ng Quddusning g‘arbiy qismi Isroil davlatiga o‘tgan. Hozirgi kunda ushbu hududda 600 000 yaqin yahudiy istiqomat qiladi. Ikki davlat o‘rtasida yechimi qiyin bo‘lgan bir nechta muammolar bor bular: G‘azo, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i, shuningdek, qo‘shni Iordaniya, Suriya va Livanda qochqinlikda yashovchi falastinliklarning mavhumligicha qolayotgani. Ular ajdodlari yashagan hududlarga qaytadimi? Isroil yonida Falastin davlati qad ko‘taradimi? Bunga Isroil rozi bo‘ladimi? Quddusni ikkita davlat bo‘lib olishi kerakmi yoki, eng murakkabi, Falastinni davlat deb tan olish kerakmi? Ushbu savollarga aniq va amaliy javob bo‘lmaguncha yaqin kelajakda ikki millat o‘rtasida tinchlik bo‘lmasligi aniq. Arab-Isroil ziddiyatining e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan yana muhim jihati tomonlar o‘rtasida din tomonlama ham qarama-qarshilik mavjud. Ushbu hududda yirik davlatlar manfaatlarining to‘qnashgani esa Isroil-Falastin mojarosini yechimi yo‘q holga keltiradi. Falastin hududining aksariyat qismi cho‘l va unumsiz yerlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, lekin neftga boy hududi mintaqaning arablar nazoratidagi yerlari ostida turibti. Joriy yilning 7 may – Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinlik arablar taroveh namozini o‘qiyotgan ushbu masjidga hujum qilingani sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, G‘azoni nazorat qiluvchi falastinliklarning HAMAS harakati Isroilni ogohlantirdi: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha muddat qo‘ydi. Shart bajarilmagach, 10 may kuni ushbu harakat Isroilning bir qator shaharlarini 45 ta raketa bilan o‘qqa tutdi. Biroq Isroilning havo hujumiga qarshi “Temir gumbaz” mudofaa tizimi ushbu 45 raketaning katta qismini osmonning o‘zida zararsizlantirdi. Ba’zilari esa aholi yashash punktiga tushdi. Vaqt o‘tishi va ikki o‘rtadagi ziddiyat ortib borishi bilan bu ssenariy ko‘p marta takrorlandi. HAMAS raketa uchiraverdi, Isroil uning katta qismini zararsizlantirib, qarshi hujum bilan javob qaytaraverdi.Isroil sudining birgina qarori va masjidga qilingan hujum shunday shiddatli harbiy harakatlarni keltirib chiqardi. Oqibatda esa G‘azo sektorida yashovchi 126 arab halok bo‘ldi, 1000 ga yaqin jarohat oldi. Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida hokimiyat tepasida o‘zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha choralarni ko‘rdi. Manfaatlariga katta xavf tug‘ilgan paytda ular agressiya uyushtirishdan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo‘ldi. Shu yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agressiya uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo‘lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani to‘xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to‘xtatgani yo‘q. 1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi. Bu tashkilot o‘z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini qo‘ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan armiyaga ega bo‘ldi. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli 283 ichida Isroil o‘z hududidan 2 baravar katta bo‘lgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo‘lan tepaligini, Iordaniya esa Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo‘liga o‘tdi. G‘azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo‘lishi kerak bo‘lgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag‘lubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi.6 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o‘tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o‘z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadi, albatta. Ular Isroilga katta miqdorda yordam ko‘rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar oralig‘idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o‘zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 71973-yil 6-oktabrda yana arab – isroil urushi boshlandi. Shu kuni MisrSuriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birin bor .Isroilni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro‘si oshib bordi. oldilar. bayonoti Quddus, Yahudiya va Samariyada zo‘ravonliklar fonida. “O‘nlab yillar davom etgan zo‘ravonlik, noqonuniy aholi punktlarining kengayishi, harakatsiz muzokaralar va chuqurlashib borayotgan ishg‘oldan so'ng, mojaro yana qaynash nuqtasiga yetdi”, dedi u.O‘tgan hafta Quddusdagi portlashlarda ikki isroillik halok bo‘lgan va o‘ndan ortiq odam yaralangan. Bir necha kun oldin esa isroillik ko‘chmanchilar Xevronda falastinliklarga hujum qilgan. Venneslend mazkur hujumlarni qoralamoqda.“Bosib olingan Falastin hududidagi zo‘ravonliklarning kuchayishi tinchlik muzokarasining to‘xtab qolishi, Falastin ma’muriyati duch kelayotgan iqtisodiy va institutsional muammolarning kuchayishi sharoitida yuz bermoqda. Global tendensiyalarning kamayishi Falastin xalqi uchun demokratik yangilanishning yetishmasligi bilan birga muammolarni yanada kuchaytirdi”, deydi rasmiy.BMT vakiliga ko‘ra, yaqinda falastinlik “jangarilar” Isroilga qarata to‘rtta raketa otgani sababli G‘azodagi “mo‘rt osoyishtalik” to‘xtatildi. Bunga Isroil mudofaa kuchlarining havo hujumlari bilan javob qaytarishi sabab bo‘lgan.“Yana bir bor eslatib o‘tamiz, jangarilar harakati, zaiflashtiruvchi blokirovkalar, qonuniy Falastin hukumatining yo‘qligi va umidsizlik doimiy ravishda mojaroning kuchayish xavfini keltirib chiqaradi”, ta’kidladi Venneslend.Ayni paytda Falastin ma’muriyati muhim va institutsional muammolarga duch kelmoqda. Saylovlar 2006-yildan beri o‘tkazilmagan va saylovchilarning yarmidan ko‘pi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar hech qachon ovoz berish imkoniga ega bo‘lmagan.“Mintaqadagi dinamika va xalqaro ustuvorlikning o‘zgarishi Ukrainadagi urush fonida sodir bo‘lmoqda, bu esa ushbu mojaroga e’tiborni sezilarli darajada kamaytirdi”, deydi BMT vakili.BMT rasmiysiga ko‘ra, har ikki tomon ham tinchlikka putur yetkazuvchi bir tomonlama harakatlarni, jumladan, aholi punktlarini kengaytirish yoki qonuniylashtirish, buzish va ko‘chirishni to‘xtatishi zarur. U Falastin iqtisodiyotining o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish, harakat va savdoni yaxshilashga chaqirdi.“Oxir-oqibat, faqat falastinliklar va isroilliklar birgalikda o‘z kelajagini belgilashi mumkin. Ammo BMT va xalqaro hamjamiyat, jumladan, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar orqali tomonlarni yuqorida tamoyillar tomon harakatlantirishni qo‘llab-quvvatlashi kerak”, deya xulosa qilgan Tor Venneslend. Shunisi ahamiyatliki, aynan 1988-yil 15-noyabr sanasidan keyin Yosir Arofat Falastin Ozodlik Tashkiloti bundan buyon Isroil bilan bo’lajak munosabatlarda terroristik harakatlarni to’xtatadi, degan fikrni ham bayon etadi. Amalda bu keyinchalik ma’lum bo’ladi. 81989 yilda Isroil intifada ko’rinishlarini butunlay yo’q qilmagan bo’lsa-da, uni bostirishga muvaffaq bo’ldi. Falastin xarakatlari bo’laklarga bo’linib ketdi. Uzoq vaqtdan beri bu fraksiyalar bir-birlari bilan kurashib kelmoqda47 . Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatish maqsadida AQSh prezidenti Bill Klinton boshchiligida AQSh ma’muriyati 1990-yilning boshidan boshlab faol vositachilik siyosatini taklif etadi. AQSh ma’muriyatining tashabbusi bilan 1991-yilning 30- oktabrida Madrid (Ispaniya)9 shahrida tinchlik konferensiyasi boshlanadi. AQSh va SSSR Madrid konferensiyasida raislik funksiyasini ijro etadi. Bu konferensiyada Isroil, Livan, Suriya va birlashgan Iordaniya – Falastin delegatsiyalari ishtirok etadi. Muzokaralar davomida Isroil rahbariyati Yahudiya, Samariya (Iordan daryosining g’arbiy qirg’og’i Kemp-Devid kelishuvlarida Yahudiya va Samariya viloyatlari deb nomlanishi ko’rsatib o’tiladi) va G’azo mintaqasida falastinliklarga muxtoriyat huquqini berish haqidagi fikrni bildirib, buning evaziga FOT Isroilni rasman tan olish va ikki tomonlama diplomatik munosabatlar o’rnatishni talab qilgan. Download 76.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling