O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Download 76.21 Kb.
|
Norqobilov Jahongir 402
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqotning manbaviy asoslari. Ushbu mavzuni oʼrganish va tadqiq etish jarayonida tadqiqotga juda keng turdagi tarixiy manbalar jalb etilgan boʼlib, ularni quyidagi guruhlarga boʼlish mumkin. 1. Аrxiv manbalari. 2. Davriy matbuot materiallari. 3. Shaxsiy xotiralar. 4. Eʼlon qilingan hujjatlar va materiallar toʼplamlari Mazkur manbalarning asosiy mazmuni, tasnifi, tarixiy ahamiyati, ilmiy qimmati va ularning tadqiqotga jalb etilish darajasi tadqiqotning birinchi bobida atroflicha yoritiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati uning eng avvalo tarixiy haqiqatni aniqlash, unga xolisona baho berish va Isroil va Falastin ziddiyatlari (1947-1980) yillarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida xotiralarni tiklashga xizmat qilishi bilan belgilanadi1. Ish tuzilmasining tavsifi. Isroil va Falastin ziddiyatlari (1947-1980) yillarda siyosiy jarayonlar mavzusidagi ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. 1.bob. Arab-Isroil munosabatlaridagi muommolar 1.1. Isroil-Falastin mojarolarining boshlanishiga sabab Ikkinchi jahon urushidan keyin Arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator davlatlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo‘g‘irchog‘iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag‘darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi — Iroq petroleum) milliylashtirildi. Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik siyosatini yuritdilar. Biroq arab davlatlarining o‘zaro munosabatlari o‘tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy sinovlarga duch keldi. Bu munosabat ba’zan do‘stona, ba’zan raqobat, hatto dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas. Arab davlatlarining ba’zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o‘z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq bu xalq o‘z davlatiga ega bo‘lish yo‘lida qat’iy kurash olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. «Yaqin Sharq muammosi» deyilganda isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlatlari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida yashash masalalari tushuniladi. 1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat Isroil yahudiy va Falastin arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir joyga Falastinga to‘plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o‘ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog‘i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to‘planishga da’vat etadi.) Ayni paytda sionizm g‘oyasi ham vujudga keldi. 21942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg‘ol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e’lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo‘lib Yaqin Sharq muammosi Umumiy tavsif 282 qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil – arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlati armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo‘lmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini o‘z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi. Misr, Suriya, Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari ko‘rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to‘lagan 1 mlrd. dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko‘rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o‘lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. AQSH bu o‘lkani o‘z hayotiy manfaati doirasiga kiritgan. Ayni paytda unga bu hududda ishonchli ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat sifatida tanladi. Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari o‘rtasida mustahkam ittifoq ham yo‘q edi. Buning asosiy sababi : Mustamlakachi ,davlatlarning arablarga mustaqillik berish davrida bir arab davlati hududining bir qismini ikkinchi arab davlati hududiga qo‘shib yuborganligi edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya davlatlarida hukmron sulolalar o‘zaro nizoda edilar. Livanda esa davlat boshqaruvi diniy jamoachilik tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har biri o‘z manfaatini umumarab manfaatidan ustun qo‘yardilar. 11 kun davomida G‘azo sektoridan 4360 ta raketa uchirilgan, Isroil tomonidan 1500 dan ortiq havo, yer va dengiz orqali zarbalar berilgan urushda 21-may kuni o‘t ochish to‘xtatildi. G‘azo sektorida jami 248 kishi, jumladan, 66 bola va 39 ayol halok bo‘ldi, 1900 dan ortiq odam jarohat oldi, 72 ming kishi ko‘chishiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Falastin hududlarida 31 kishi halok bo‘ldi, bu jami falastinlik qurbonlar sonini 279 taga yetkazadi. Isroil tomoni 3esa 12 kishi urush qurboniga aylanganini ma’lum qilgan. Ushbu mojaro keng qatlam orasida, ayniqsa axborot makoniga so‘nggi yillar davomida qo‘shilgan o‘quvchilar orasida ancha qizg‘in bahs-mojarolarga sabab bo‘ldi. Masalan, uni Qorabog‘ mojarosi atrofidagi Ozarbayjon—Armaniston ziddiyatiga qiyoslashlar ko‘p bo‘ldi. Ammo birgina Ozarbayjonning Isroil bilan, Armanistonning esa Falastin bilan juda yaxshi munosabatlarga egaligini eslash bu taqqoslashga chuqurlashmaslik uchun yetarli. Falastinda yahudiy immigratsiyasining o’sishi arab millatparvarlarining bosh ko’tarishiga olib keldi va yahudiylar bilan arablar o’rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga sabab bo’ladi. Tez orada arablarning ommaviy noroziliklari boshlanadi. Hali 1920-yilning bahorida bu yerda antiimperialistik va antisionistik harakat boshlandi. Bu harakatni Arab-Falastin kongressida birlashgan Falastin millatparvarlari boshqargan. Bunda arablar Britaniya hukumatidan yahudiylar immigratsiyasini cheklashni talab qildi. Eng yirik namoyishlardan biri 1921-yilda arab va sionistlar o’rtasida bo’lib o’tadi. 1921-yil Arab-Falastin kongressi (bu tashkilot 1920-yilda tuzilib, yilda bir marotaba chaqirilar edi. Kongress sessiyalari oralig’idagi davr mobaynida uning funksiyalarini ijroiya qo’mitasi bajarar edi. 41935-yilda Arab-Falastin kongressi Arab-Falastin partiyasi nomi ostida qaytadan tuziladi. Shunigdek, 1936-yilda falastinliklar Oliy Arab qo’mitasini tuzishadi. (Falastin arablarining Isroil davlatiga qarshi qurolli kurashi) 1987 yilning 9 dekabrida boshlanib, olti yil - ya’ni 1993 yilgacha davom etdi. Birinchi intifada falastinliklar Isroilga qarshi kurashda tosh va qo’lbola qurollardan foydalangani bois “toshlar urushi” deb ataladi. Bu urushga Arab-Isroil urushi davrida bosib olingan xududlarda istiqomat qilayotgan falastinliklar orasida ishsizlikning ko’payishi sabab bo’ldi. O’shanda G’azo mintaqasidagi Jabaliya qochqinlar lagerida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. 1988 yilning 31 iyul kuni Iordaniya podshoxi Xusayn intifada natijalarini kutmayoq, o’z mamlakati Iordan daryosining G’arbiy soxili va Sharqiy Quddusdan voz kechishini ma’lum qildi. 15 noyabr kuni Falastin Ozodlik Tashkilotining Milliy Kengashi poytaxti Quddus bo’lgan Falastin Davlati tuzilgani xaqida qaror qabul qildi. 1989 yilning 2 aprel kuni Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya Qo’mitasi raisi Yosir Arofat Falastin Davlatining prezidenti etib saylandi. 1988-yil Falastin tarixida katta siyosiy voqea ro’y berdi. Shu yilning 15- noyabrida FOT oliy organi – Falastin Milliy Kengashi Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganligini e’lon qiladi45 . Ayni vaqtda, Falastin davlatining hududi Iordan daryosining g’arbiy qirg’og’i (yoki uning qismi, sharqiy Quddus) va G’azo sektorida deb belgilanadi. Download 76.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling