1-§. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish qonuniyatlari
Didaktika (yunoncha didaktikos – o‘qituvchi, didako – o‘rganuvchi) Harbiy pedagogikaning ta’lim muammolarini ishlab chiquvchi qismi hisoblanadi.
Didaktika birinchi marotaba nemis pedagogi Volfgan Ratke (Ratixiya) (1571-1535) asarlarida o‘qitish san’ati sifatida ifodalandi. Ushbu fikrni rivojlantirib polyak olimi YAn Amos Komenskiy hammani barcha narsaga o‘qitish universal san’ati ma’nosida ifodalagan. Ratixiy Volfgangning ulug‘ xizmatlaridan biri u birinchi bo‘lib didaktikaning asosiy vazifasi “nimaga o‘rgatish va qanday o‘rgatish” muammosini ishlab chiqdi, hozirgi zamon fani olimlari ichida “qachon, qaerda, kimni va nima uchun o‘qitish” muammosini yaratdi deb fikr yuritilmoqda.
Harbiy didaktikaning asosiy turkumlari quyidagicha: Harbiy o‘qitish, o‘rgatish, o‘rganish, harbiy ta’lim berish, harbiy bilim, harbiycha bilish, ko‘nikma shuningdek harbiy o‘qitishning maqsadi, mazmunini tashkil qilish, turlar, shakllar, usullar, vositalarni o‘qitishdan iborat bo‘lib, didaktika o‘rgatish va ta’limning maqsadi mazmuni, metodlari, vazifalari, ta’limni tashkil qilish, erishilgan natijalar to‘g‘risidagi fandir.41
Harbiy ta’limni mohiyatini anglash, mashq va tajribalar asosida kasb va faoloyat shakllarining yuzaga kelishi oldin egallangan bilimlarning o‘zgarish jarayoni bo‘lib ta’limda, pedagog (o‘qituvchi) oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bilim asosida aloqasini tartibga soladi.
Harbiy ta’limdagi jarayon (didaktik) – o‘zaro uzviylikda bo‘lgan quyidagi qismlarning yig‘indisi (umumlashmasi) hisoblanadi.
I. Harbiy pedagogning (komandir, boshliq, professor o‘qituvchining) faoliyati
a) kursantlarga harbiy ta’limning maqsadi va vazifalarini tushuntirish;
b) kursantlarni yangi bilimlar bilan tanishtirish va maxsus bilimlarini boyitish;
v) harbiy bilimni va bilish jarayonini egallashni boshqarish;
g) nazariyadan amaliyotga o‘tish jarayonini boshqarish;
d) harbiy sohada izlanish va tadqiqot olib borish faoliyatini tashkil etish;
e) o‘qitish jarayonida kursantlar ongida kasbiy o‘zgarish va kursantlar tafukkuridagi o‘sishni diagnostika qilish va baholab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |