O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


-§. Tajriba (eksperiment) va hujjatlar tahlili pedagogik tadqiqotning usullari sifatida


Download 493.41 Kb.
bet17/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

3-§. Tajriba (eksperiment) va hujjatlar tahlili pedagogik tadqiqotning usullari sifatida


Tajriba pedagogik tadqiqotning usuli bo‘lib bu – kompleks tadqiqotlar o‘tkazilgandan so‘ng uning natijalarini tajriba orqali o‘rganadi, tekshiradi. Eksperiment lotin tilidan olingan bo‘lib (experimentum) tajriba ma’nosini anglatadi. Bilish usulidan biri hisoblangan tajriba usulining pedagogikada bir qancha turlari mavjud Ushbu tajriba usullarini qo‘llashda tadqiqotchi o‘zi shaxsan faol qatnashadi. Masalan: tabiiy eksperiment, laboratoriya usulidagi eksperiment, tasdiqlovchi eksperiment, shakllantiruvchi eksperiment turlari mavjud. Tabiiy eksperiment, pedagogik eksperimentning bir bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu tajriba qatnashchilari tajriba ishtirokchisi ekanligini o‘zlari bilmaydi. Tajriba natijalari yozma shaklda amalga oshirib boriladi. Tabiiy eksperimentning natijalari elektron hisoblash mashinasida hisoblab amalga oshiriladi.
Labaratoriya tajribasi bu alohida xonada, tashkilotda amalga oshiriladi. Labaratoriya tajribasi alohida tajriba uchun ajratilgan shaxslar, guruhlar, jamoalar orasida olib boriladi. Labaratoriya tajribasini o‘tkazish uchun ma’lum bir vaqt, muhit va metodika qo‘llaniladi.
Tasdiqlovchi tajribada tajriba o‘tkazayotgan jarayonda, tajriba qatnashchilari tajribani oldingi natijalarini bilmaydi.
Tajribani o‘tkazish o‘zining mohiyatiga ko‘ra 3 ta bosqichni o‘z ichiga oladi, ya’ni birinchi bosqich tayyorgarlik bosqichi bo‘lib quyidagi vazifalar hal qilinishiga harakat qilinadi, masalan, taxmin shakllantiriladi. Xulosani tekshirib ko‘rish orqali tajribaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi. Tajriba o‘tkazishda tajriba o‘tkazuvchi shaxs, tajribadagi shaxslarning ichidan tanlab olinadi (shaxsiy tarkib, o‘quv guruhlari, o‘quv yurtlar orasidan), tajriba jarayonining uzoqligi yoki davomiyligi, uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, tajriba o‘tkazishda qo‘llanilgan usul va uslublardan foydalanish, anketa so‘rov, intervyu, ekspert xulosasi va boshqalar.
Ikkinchi bosqich bu tajribaning yangi samarali yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu bosqichda tajribadagi vaziyatlar o‘rganiladi. Boshidagi holat shaxsga pedagogik ta’sir etish holatlari, taklif etilayotgan chora tadbirlar tizimini samaradorligi o‘rganiladi, tajriba qatnashchilarini tajribani o‘tkazishdan maqsadi, samaradorligi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Unga ketgan vaqt, o‘tkazishda qo‘llanilgan usul, vosita, shakllar ko‘rsatiladi. Pedagogik tajriba o‘tkazilishini qiyinchiligi shundan iboratki u ikkita yoki uchta natijalarga ega bo‘lishi mumkin va kam vaqt ketgan tajriba xulosasi haqiqatga yaqin bo‘lgani natija sifatida olinadi va amaliyotga tadbiq etiladi.
Uchinchi bosqich – yakunlovchi tajriba bosqichi hisoblanadi, ushbu bosqichda tajribani natijalari tadbiq etiladi. Tajribaga ketgan vaqt, uni o‘tkazishda qo‘llanilgan usul, vosita, shakllar ko‘rsatiladi. Pedagogik tajribani o‘tkazish o‘ziga xoslikka ega bo‘lib uning qiyinchiligi shundan iboratki, unda ikkita yoki uchta usullarni qo‘llash talab etilishi mumkin va kam vaqt ketgani, tajriba xulosasi haqiqatga yaqin bo‘lgani natija sifatida olinadi va amalyotga tadbiq etiladi.
Tajribani o‘tkazishda tajriba obyektlari uchun reprezentativ (fransuz tilidan olingan bo‘lib representatio40 namunali degan ma’noni anglatadi) tanlov olib boriladi. Tajribani olib borish uchun qancha vaqt talab qiladi? Bir tomondan tajriba olib boriladigan guruhda shaxslar soni uncha ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. Mana shu talabga rioya qilingan holdagina tajribadagi sun’iy natijalardan qochish mumkin. Tajribani tashkil etish va boshqarishda unda nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina fan va amaliyot uyg‘unligidagi tajribani natijalari yaxshi samaraga ega bo‘ladi.
Tajriba o‘tkazish o‘zining mohiyatiga ko‘ra juda ham qisqa vaqtda amalga oshirilishi kerak emas, chunki, tajribada vaqtning haddan tashqari qisqaligi uning natijalarida noobyektivlikni keltirib chiqarishi mumkin va noaniq tavsiyaga ega bo‘lishga olib keladi. Tajribada vaqtning xaddan tashqari cho‘zilib ketishi ham tadqiqotchining boshqa bir narsalarga (muammolarga) e’tiborini chalg‘itib qo‘yadi va ishni olib borishni qiyinlashtiradi, shuning uchun tadqiqot o‘tkazishda eng optimal shakl, usul, vaziyat, vaqt va auditoriyani tanlanishi kerak bo‘ladi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling