Harbiy-pedagogik jarayonni tashkillashtirishning yo‘nalishlari
Harbiy sohada fan, texnika, harbiy xizmatning ijobiy tomonga o‘zgarishi, ya’ni sifat jihatdan o‘zgarishi ofitserlar tarkibiy qismining o‘z ustida ishlashga majbur etadi.
Professor O.Yu.Yefremovning fikricha harbiy-pedagogik jarayon 4 ta qismga bo‘linadi:
1. Harbiy-pedagogik jarayonni identifikatsiyalash.33 An’anaviy va innovatsion yondashuvlarni bir-biriga yaqinlashtirish;
2. Harbiy-pedagogik jarayonni optimizatsiya qilish (qulaylashtirish). Ya’ni pedagogikaning shakl, usul, uslubi, o‘qitish, tarbiyalash uchun kam vaqt sarflab, ko‘p samara beradigan uslublardan foydalanish;
3. Harbiy-pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish har bir harbiy xizmatchiga hurmat bilan qarash, ularning ijtimoiy himoyalanganligi, ularning ichki dunyosini va moddiy-ma’naviy dunyoqarashini o‘rganish. Harbiy xizmatchilarning orasida qonunni hurmat qilish orqali huquqiy ongini shakllantirish va huquqiy tarbiyalash;
4. Harbiy-pedagogik jarayonni demokratlashtirish ijtimoiy faollikni namoyon qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonga jalb etish, harbiy xizmatchilarning turmush tarzida uchraydigan muammolarni hal etishga amaliy jihatdan yordam berish.34
Harbiy xizmatchilarni, ayniqsa, yosh xizmatchilarning kasbiy faoliyatida bir qancha kasbiy xizmat qiyinchiliklari mavjud bo‘lib, ushbu qiyinchiliklar quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
Mansabga kirishish jarayonida o‘z burchini vaqtida va sifatli bajarishda, oila qurishi, oilani moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlashda, uy-joy bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, yangi muhitga moslashish, yangi jamoaga rahbarlik qilishda, tashkilotchi, tarbiyachi sifatidagi qiyinchiliklar. YAngi jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish, muomalada og‘ir-vazmin bo‘lmaslik.
Harbiy-pedagogik jarayonda obyektlar bilan bo‘ladigan qiyinchiliklar
Ushbu qiyinchiliklar avvalo tarbiyalanayotgan barcha yoshdagi harbiy xizmatchilardagi o‘ziga xoslik, xizmat burchiga salbiy munosabatda bo‘lishga harakat qilayotgan harbiy xizmatchilar, “ya’ni ularning xarakterida salbiylik dominantlik (ustunlik) qiladi”. Xarakterida va ruhiy holatida og‘ishi bo‘lgan harbiy xizmatchilar bilan bevosita va bilvosita tarbiyaviy ishlar olib borish, ofitserlarda, serjant va askarlarda kasbiy professionalizmning etishmasligi, psixologik va pedagogik tayyorgarlikka ega emaslik, harbiy xizmatchilarda uyushqoqlikning yo‘qligi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |