O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
Harbiy notiqlik san’atining metodologik tamoyillari
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
Harbiy notiqlik san’atining metodologik tamoyillari
Harbiy notiqlik san’atining strategiyasini “o‘rtoqlik va xamkorlik” tashkil etadi. “O‘rtoqlik” tushunchasi asosida o‘rtog‘ing uchun joningni fido qil. O‘zing halok bo‘lsang ham o‘rtog‘ingni qutqar degan ma’noda tushuniladi. 1. Nutq orqali askarlar tarbiyalanadi, dunyoqarashi o‘zgaradi, ularning turli savol-javob kechalarida qatnashishi, olimpiadalarda ishtiroki, munozaralarda nutq so‘zlashi ularning nutqini o‘stiradi, jamoa oldida chiqish qila olish ko‘nikmasini yuzaga keltiradi. 2. Askarlarning faolligi, xizmatga, Vatanga sodiqligi avvalo ularning nutqida, so‘ng esa xatti-harakatida namoyon bo‘ladi. Nutqda turli dalillarni qo‘llash orqali askarlar ongi shuururini o‘zgartirish mumkin. Harbiylarning nutqida o‘ziga xoslik mavjud bo‘lib ularning asosi Umumharbiy nizomlar bilan bevosita bog‘liqdir. Saf oldida so‘zlangan nutq har bir askarga etib borishi kerak, lekin ko‘pchilikka ushbu buyruq, ko‘rsatmalarni etib borishi qiyin kechgan vaqtlar ham bo‘ladi. Bunday hollarda boshliqlar, harbiy-pedagoglar berilgan buyruqni va ko‘rsatmalarni yana bir marotaba askarlar tomonidan ovoz chiqarib qaytarishga o‘rgatish lozim, shundagina harbiy xizmatchilar orasida tushunmadim, yaxshi eshitmabman degan tushunchalar bo‘lmaydi. Nutqdagi har bir so‘z, fikr, asoslangan bo‘lishi lozim. Nutqdagi fikrlarni asoslay olishi yoki asoslay olmasligi ofitserlarning kompetentligidan dalolat beradi va askarlarda ofitserga nisbatan ishonch hissi yuzaga keladi. Ushbu usulni qo‘llashdan asosiy maqsad jang oldidan biron bir muhim vazifani, topshiriqni harbiy xizmatchilarga etkazib berayotganda vaqt tig‘iz bo‘lishi mumkin. Tig‘izlik fikrini asoslashga vaqt etmaslikdan dalolatdir, bunday vaziyatdan askar ofitserning avvalgi so‘zi bilan ishining birligini anglab, eslab, xotirlab berilgan topshiriqlarni ishonib bajaradi. Harbiy pedagog mahoratining ofitserda va askarda etishmasligini kasbiy faoliyatida ko‘rishimiz mumkin. Harbiy notiqning asosiy urg‘u beradigan beradigan so‘zlarga asosiy e’tibor qaratilishi lozim va bu so‘zlar kamida 5-7 martadan qaytarilishi kerakligini pedagogik-psixologik amaliyot ko‘rsatayapdi. Nutqda stilistikaga, mantiqga asosiy e’tibor qaratilishi lozim. Stilistikaga e’tibor berish rahbarning nutqida albatta nutqdagi madaniyatning borligidan darak beradi. Nutq jargon so‘zlar, buzilgan talaffuzlardan xoli bo‘lishi, harbiy ofitserning nutqi bevosita boshqalarga ayniqsa askarlarga o‘rnak, namuna bo‘lishi lozim. Nutqida chet el atamalari iloji boricha ishlatilmasligi kerak, asosiy atamalar harbiylarga kasbiyga, faoliyatiga yaqin, tanish atamalar bo‘lishi kerak. Askarlar uchun eng aziz va qadrli so‘zlar bu “g‘alaba qozonamiz”, “tirik qolish”, “g‘alaba biz tomonda”, “men ishonaman”. Eng ko‘p fikrlar ularda quyidagi so‘zlar orqali yetkaziladi, ya’ni “g‘alaba”, “g‘alaba” va yana “g‘alaba”. Lekin, shu bilan birga ofitserlarning muomalasida “parazit” so‘zlar ko‘plab ishlatilgan va ishlatilmoqda. Eng asosiysi ushbu “parazit” so‘zlar notiqlik tamoyilining buzilishiga olib keladi. “Parazit” (haqoratumus) so‘zlar deganda, haqorat so‘zlarni askarlarni tarbiyalashda qo‘llash, qo‘llashda ham ko‘plab qo‘llashi, askarlarning nutqiga muomalasiga o‘tib qolmoqda va unga ofitserlar, askarlar oddiy hol deb qarashmoqda, ushbu salbiy yo‘nalishdagi so‘zlar harbiy xizmatchilar o‘rtasida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bunday so‘zlar harbiy pedagogikaga zid so‘zlar hisoblanadi. Ushbu so‘zlarning askarlar ongiga salbiy ta’sir etishini 1919 yil 7 avgustda L.D.Trotsskiy o‘zining 140-sonli buyrug‘ida ko‘rsatgan edi. Unda shunday deyilgan “So‘kinish insonning qadriyatini poymol qiladi, insonning ongli nutqidan ketishga majbur etadi va harbiy irodasini bo‘shashtiradi”.31 Qizil Armiyada har qanday so‘kinish bilan bog‘liq so‘zlarni yo‘q qilish kerakligini aytib, hech bir davlatning harbiylarini orasida bunday so‘zlar yo‘qligini ta’kidlagan edi.32 Harbiy xizmatchilarning nutqini o‘rganish orqali Harbiy pedagogikaning ikategoriyalarini va nstrumentini takomillashtirish mumkin. Askarlar bilan Umumharbiy nizomlar asosida muomala qilish nafaqat nizom talabi, shuningdek ularni boshqara olish san’ati hamdir, bu har bir harbiy boshliqqa quyiladigan pedagogik talablardan biri hisoblanadi desak juda ham to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling