O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
-§. Harbiy pedagogikaning fan sifatida yuzaga kelishi va rivojlanishi
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
2-§. Harbiy pedagogikaning fan sifatida yuzaga kelishi va rivojlanishiHarbiy pedagogika o‘zining tarixiga, rivojlanish bosqichiga ega bo‘lib, eng avvalo amaliyotga suyanadi va so‘ng nazariyaga asoslanadi. Amaliyot harbiy pedagogika fanidagi nazariyani rivojlanishiga yaqindan va bevosita yordam beradi. Ushbu harbiy pedagogika fanining yuzaga kelishi tarixiy jarayonlar, tarixiy shaxslar, tarixiy voqea va hodisalar bilan bog‘liqdir. Tarix fanni yuzaga keltiradi, fan esa tarixni mujassamlashtirib kelajak avlodga etkazadi. Harbiy pedagogika fan sifatida yuzaga kelgan ekan, albatta ushbu masala kadrlar bilan bog‘liq. O‘zbekistonda harbiy pedagogika fani bevosita Rossiyaning harbiy pedagogikasi bilan bog‘liq. Harbiy pedagogika harbiy jarayonlarning, harbiy voqea-hodisalarning, harbiy kadrlarning shakllanishi bilan bog‘liqdir. Biz tarixdan bilamizki, harbiy ta’lim va tarbiya, eng avvalo dalillarga, voqea-hodisalarni chuqur o‘rganishga suyanadi va asoslanadi. Eng asosiysi, keyinchalik bu jarayonlar fanni yuzaga keltirgan. Harbiy pedagogikaning tarixini biz avvalo fanning obyekti sifatida o‘rganmaymiz, balki Harbiy pedagogikaning mohiyati, Umumharbiy nizomlarlarda, harbiy qasamyodda, buyruqlarda, yo‘riqnomalarda, harbiy tarbiya muammolari bo‘yicha maqolalarda, harbiy tarixiy va badiiy adabiyotlardan o‘rganamiz. Harbiy pedagogikaning tarixi alohida yondoshishni talab etadi. Harbiy pedagogika tarixida harbiy xizmatchilarni tarbiyalash tushunchalari degan tushuncha bo‘lgan emas, shuning uchun eng avvalo, xalq og‘zaki ijodi orqali, xalq ertaklari orqali, she’rlar va baxshilarning aytishlari orqali vatanparvarlik tushunchalari xalq ongiga etkazib. Undan tashqari, Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik, vatanni sevish asosiy mavzulardir. Amir Temur tuzuklarini o‘qish, Kaykovusning “Qobusnomasi”, Temur Malikning qahramonligi, “Alpomish” dostoni, Jaloliddin Manguberdi, Shiroq, To‘marislarning vatanparvarligi, zamonaviy vatanparvar qahramonlar general Sobir Raximov, general Mullajon Uzoqov, gvardiya polkovnigi Xoshim Xodjayevlarning qahramonliklari va hokazolar. Ushbu qahramonlarimizning vatanparvarligi xalqni, elni, yurtni, zaminni sevishga o‘rgatdi. Harbiy-vatanparvarlikning zaminida harbiy intizom asosiy rol o‘ynagan va hozir ham xuddi shunday. Harbiy pedagogikada harbiy xizmatchilarni o‘qitish bilan birga ularni jazolash ham asosiy o‘rinni egallaydi, chunki jazolashning ham Umumharbiy nizomlarda turlari mavjud. Intizom doimo g‘alabani ta’minlashga xizmat qiladi. Intizomning asosini esa albatta axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi. Axloqiy tarbiya ham o‘z navbatida hadislarga, Qur’oni Karimga suyanadi. O‘zbekiston Respublikasida harbiy pedagogika fan sifatida inqilobdan keyin harbiy bilim yurtlarida o‘qitila boshladi. Shunda ham asosiy manba bo‘lib Rossiya harbiylarining tarixi, harbiylar pedagogikasi o‘qitildi. Bugungi kunga kelib oradan deyarli bir asr o‘tgandan keyin harbiy pedagogika fani Mustaqil O‘zbekistonda o‘z tarixini, o‘zining huquqiy asoslarini olimlar tomonidan ya’ni tarixchilar, pedagoglar tomonidan o‘rganilish obyekti va predmetiga aylanmoqda. Harbiy pedagogika o‘zining mohiyatiga ko‘ra maxsus fan hisoblanadi, lekin baribir umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. O‘zbekiston Respublikasida harbiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari, harbiy tizimdagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. 1991 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yangidan-yangi o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Harbiy sohada esa quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ittifoq tarkibidan chiqdi; Ittifoq miqyosidagi milliy kadrlar xizmat o‘tash uchun respublika tassarufiga chaqirib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlandi; Harbiy kiyim-kechak (formali ust-bosh) almashtirildi; Harbiy bilim yurtlarining ba’zi birlari harbiy institutga aylantirildi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tashkil etildi; “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonun (10.01.2018 yil 03/18/458 0537-son) tasdiqlandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi inqirozli muhit barcha narsaga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Jumladan harbiy sohaga ham, masalan, ushbu jarayon o‘qitish tizimida va tarbiyada aniq ko‘zga tashlandi. Davlatdagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarning ta’siri o‘z natijasini berdi. SHu bilan vatanparvarlikka bo‘lgan ishonchda va uning mazmunida ham ma’lum bir ma’noda o‘zgarishlar yuzaga kela boshladi. Vatanparvarlikka bo‘lgan ishonchni tiklash, qayta shakllantirish uchun milliy g‘oya, milliy ongni shakllantirish sohasida ma’lum bir salmoqli ishlar qilina boshlandi. Vatanparvarlik sohasida kadrlar qayta tayyorlandi, harbiy bilim yurtlarida o‘qitish tizimida va ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik izlanishlar yo‘lga qo‘yila boshladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar risolalari chop etildi. Harbiy pedagogikada mavjud tajribalar o‘rganilindi, yangi-yangi metodologik yo‘nalishdagi, fundamental tadqiqotlar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda harbiy ta’lim sohasida chet el tajribalari o‘rganilyapti, kadrlar tayyorlashda hamkorlik yo‘lga qo‘yilyapti. Harbiy pedagogikaning oldida turgan yangi vazifalardan biri bu Qurolli Kuchlarda kadrlarni jamoasidagi o‘zgarishlardir. Masalan: SHartnoma asosidagi xizmatchilar sonining ko‘payishi va Qurolli Kuchlarda muddatli xizmatni bir yilga qisqartirilganligi. Bugungi kunda harbiy pedagogikaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘ga qo‘yilmoqda, ya’ni preventiv pedagogika, ijtimoiy pedagogika, pedagogik ziddiyatshunoslik, harbiy-pedagogik inovatika, harbiy oila pedagogikasi, Harbiy pedagogika tarixi va nazariyasi va hokazo. Harbiy pedagogika fani boshqa muhim kasbiy va ijtimoiy fanlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish davr talabi. Bugungi kunda ushbu fanlar alohida-alohida o‘rganilayapti, masalan: Harbiy siyosatshunoslik, harbiy sotsiologiya, harbiy psixologiya, harbiy iqtisod va hokazolar. Ushbu fanlarda integratsiyaning yuzaga kelishi orqali harbiy kadrlarni kompleks tarbiyalashga imkoniyat bo‘ladi. Harbiy pedagogikaning mazmun-mohiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar yuzaga keldi, ushbu o‘zgarishlarni yuzaga kelishida Afg‘onistondagi janglarda (1977-1985) harbiy xizmat o‘tagan ofitserlarni, askarlarni bevosita ta’siri katta bo‘ldi. Ushbu ofitserlarning aksariyati harbiy tarbiyaning mazmuni, mohiyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bugungi kunda harbiy xizmatchilarimiz an’analarimizga, etnopedagogikaga, etnopsixologiyaga qancha suyanmasin baribir milliy pedagogika hisoblanmaydi, chunki harbiy pedagogikaning obyekti harbiy xizmatchi bo‘lib qolaveradi. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling