O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Harbiy pedagogikaning asosiy vazifalari


Download 493.41 Kb.
bet6/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Harbiy pedagogikaning asosiy vazifalari
Harbiy pedagogika fan sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  1. harbiy-pedagogik jarayonning funksiyalarini, strukturasining, mohiyatini ochib berish;

  2. harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va muammolarni hal qilishni o‘rgatish;

  3. harbiy xizmatchilarga va harbiy jamoaga harbiy-pedagogik jarayonni samarali tashkil etish shakllarini ishlab chiqish;

  4. harbiy-pedagogik jarayonni va harbiy xizmatni insonparvarlashtirish;

  5. harbiy xizmatchilarni psixologik jihatdan tayyorlash, o‘qitish texnologiyasini mazmunan boyitish;

  6. harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash tamoyillarini shakllantirish va qonuniyatlarini aniqlash;

  7. harbiy xizmatchilarni xizmat yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish va tarbiyalash;

  8. harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’lim jarayoni mazmunini ishlab chiqish;

  9. harbiy xizmatchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirishning yo‘llarini va o‘ziga xosligini o‘rganish;

  10. harbiy-pedagogik tadqiqotlar metodikasini ishlab chiqish, o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or tajribalarini amaliyotga tadbiq etish;

  11. Harbiy pedagogikaning tarixiy meroslariga ijodiy yondashish va ilmiy tavsiyalar berish.

Har bir ofitser (mutaxassis) avvalombor qo‘l ostidagilarni tarbiyalaydi, o‘qitadi, amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ayniqsa, bunda harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi eng asosiy o‘rinni egallaydi.
Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiy pedagogika fani o‘ziga xos o‘ringa egadir. Harbiy pedagogika fani bo‘yicha bir qancha dissertatsiyalar himoya qilingan, lekin shu o‘rinda Rus qo‘mondoni A.V.Suvorovning quyidagi iborasini eslab o‘tish o‘rinli deb bildik, ya’ni (bu bilan boshqa o‘qishga vaqti bo‘lmagan, ba’zi bir obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra o‘qiy olmagan shaxslarga taalluqli emas, deb bilamiz) ushbu fikrni “Bir o‘qiganga uchta o‘qimaganni beradi” deydi. “O‘ziga ishonch – jasurlikning asosi”. “O‘ziga ishonch qachon yuzaga keladi, qachonki shaxs bilimiga ishonsa” deyiladi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil etildi. Milliy gvardiya tashkil etilib, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti, Harbiy-texnik institutga aylantirildi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling