O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
Harbiy xizmatchilarni o‘qitishning qonuniyatlari
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
Harbiy xizmatchilarni o‘qitishning qonuniyatlari.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish pedagogik jarayon qonuniyatlarining bir bo‘lagi hisoblanadi. Har bir fan jumladan harbiy pedagogika ham o‘zining obyekti va predmetidan kelib chiqib qonun va qonuniyatlarini tadqiq qilishni o‘zining vazifalaridan biri deb biladi. Harbiy-pedagogik jarayonning qonuniyatlarini bilish uchun ularning tarkibiy qismidagi o‘zaro aloqalarni bilish, o‘rganish kerak bo‘ladi. a) harbiy-pedagogik jarayon eng avvalo davlat va jamiyat siyosati bilan bog‘liq va davlat siyosatiga xizmat qiladi; b) komandirlar va boshliqlar bilan qo‘l ostidagilar o‘rtasidagi aloqalar; g) harbiy xizmatchilarda pedagogik jarayonni tashkil etishning vazifalari, mazmuni, usullari, vositalari va shakllari o‘rtasidagi aloqalari. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish qonuniyatlari va turlari o‘rtasidagi aloqani tahlil qilish natijasida harbiy-pedagogik jarayonning quyidagi qonuniyatlari mavjud bo‘ladi: pedagogik jarayonning maqsadi, mazmuni va usullarining shartligi; harbiy ta’lim, tarbiya faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qonun; harbiy-pedagogik jarayonda nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligi qonuni; harbiy-pedagogik jarayonning dinamik qonuni bunda barcha o‘zgarishlar xajmining avvalgi bosqichdagi o‘zgarishlar xajmiga bog‘liqligi. Ofitser, o‘qituvchi va kursant o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni (hamkorlikni) o‘zgarishi; harbiy-pedagogik jarayonda kursant shaxsini kasbiy shakllanish qonuniyatlari; harbiy ta’lim va tarbiya jarayoni boshqariladi, takomillashtiriladi, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi buyruq, ko‘rsatmalari asosida harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish qonuniyatlari va hokazolar asosida. Ushbu qonuniyatlarni davom ettirishimiz mumkin, lekin harbiy ta’lim bevosita tarbiya bilan bog‘liqligi ham hech kimga sir emas, ta’lim esa Al Farobiyning fikricha so‘z bilan biron narsani uqtirish, o‘rgatish deb aytiladi. Tarbiya esa harbiy xizmatchilarning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. U ma’lum amaliy mashg‘ulotlar, poligondagi mashqlar orqali singdiriladi. O‘qitishning qonuniyatlarida harbiy xizmatchilarning bilimga intilishi, kasb egallashga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lib boradi. Ta’lim tarbiyaning umumiy metodologik masalalari harbiy jarayon bilan bevosita bog‘liqdir. Obyekt (tarbiyalanuvchi) bilan subyektning (tarbiyalovchining) umumiy metodologik masalalari, ularning o‘zaro kasbiy munosabati, obyektga ijtimoiy muhit orqali ta’sir etish yo‘llari harbiy xizmatchilarning kasbiy xizmatlari kabi masalalar bilan birga metodik masalalar ham o‘z ifodasini topadi. Harbiy xizmatchilarning didaktika nuqtai nazaridan faoliyatini tahlil qilganda chet tilini o‘qitish ham chet tilini bilish ham innovatsion texnologiyalar bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda barcha oliy harbiy o‘quv yurtlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayon takomillashtirilmoqda. YAngi o‘quv dasturlar va rejalarda o‘qitishning innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan birga o‘tmishdagi eng yaxshi o‘qitish metodlaridan ham foydalanishadi, ayniqsa Harbiy pedagogika va psixologiyaning yutuqlaridan foydalanmoqda. Ayniqsa texnik vositalardan to‘liq foydalana olish dars berish, o‘qitish jarayonini sifatini oshiradi. Kursantlarning faoliyati – o‘ziga xos faoliyat bo‘lib, ularning ofitser bo‘lib shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Masalan: 1. O‘rganishning ijobiy asoslarini tashkil etishda shaxsiy faoliyat ko‘rsatish; 2. Yangi bilim, bilishni egallash; 3. Tahlil, xulosa, taqqoslash, solishtirish, tartibga solish; 4. Qonun-qoidalarni anglash va o‘zaro aloqada bo‘lish sabablarini bilish; 5. Bilish va ko‘nikmalarni tartibga solish; 6. Yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish; 7. Yutuqlarni mustaqil baholash. Harbiy didaktika fan sifatida o‘z predmeti qonuniyatlarini o‘rganadi, o‘qitish jarayoni natijalari bilan jarayonning bir-biriga bog‘liqligini tahlil qiladi, rejalashtirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan shakl va vositalarni aniqlaydi. Shunga ko‘ra: Nazariy (asosan aniqlash usullarini); Amaliy (me’yor, qurol) vazifalarni bajaradi. Didaktika o‘z tarkibiga barcha fanlarni va barcha darajadagi o‘qitish faoliyatlarni, barcha ta’lim tizimini qamrab oladi. Harbiy didaktikani vazifasi harbiy-pedagogik jarayon sifatida kursantlarni doimiy yuqori tayyorgarlikda ushlab turishdan va konstitutsion burchlarni bajarish, ona vatanni turli agressorlardan qutqarishdan iboratdir. Undan tashqari harbiy didaktikaningg asosiy funksiyasi: a) ta’lim; b) tarbiya; v)shakllantiruvchi; g) psixologik. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling