O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari. Reja


Download 47.6 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1505110
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari

Institutga qabul qilish
Institutga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Institutning qabul komissiyasi 10 iyulda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi.
Institutga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.
Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyasiya shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom loyihasi e`lon qilindi.


Milliy gvardiya bo‘linmalarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar arizasi (bildirgisi) Nomzodlarni hisobga olish jurnalida ro‘yxatga olinadi.
Qoida tariqasida, nomzodlarni tanlash va harbiy xizmatga qabul qilish ekshududiylik prinsipi asosida amalga oshiriladi, alohida hollar bundan mustasno.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga, shuningdek uning roziligiga yoxud Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga asosan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadigan quyidagi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga;
tegishli yo‘llanma orqali kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga yuborilgan oliy harbiy ta`lim muassasalari bitiruvchilariga;
xalqaro shartnomalar asosida o‘qishga yuborilgan, xorijiy davlatlar oliy harbiy ta`lim muassasalari bitiruvchilariga;
alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga.
Nomzodni tanlash quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
a) nomzodni o‘rganish (hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, nomzod bilan yakka tartibda suhbatlashish);
b) umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) individual-psixologik o‘rganish (psixologik test sinovidan o‘tkazish);
g) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
d) nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish – tanlov komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari natijalariga ko‘ra, tanlov muddatini kechiktirish, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan va tanlovda yuqori ball to‘plagan nomzodlarni kontrakt bo‘yicha «harbiy xizmatga qabul qilish» yoki ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermagan hollarda «rad etish» to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Nomzodlarni Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish – oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashga vakolatli rahbarning (komandir yoki boshliqning) buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 
Nomzodlarni tanlashni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar – butlashga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, vakolatli rahbarlar (komandir va boshliqlar) topshirig‘iga asosan kadr organlari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqaroning arizasi (yoki muddatli harbiy xizmatchining bildirgisi) ularni nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun asos bo‘ladi.
Download 47.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling