O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari. Reja
Download 47.6 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 fevralidan 1 apreliga
O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari. Reja: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Milliy gvardiyaning xizmat intizomi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Milliy gvardiya xodimlari: Milliy gvardiya tizimidagi ta'lim muassasalari va boshqa muassasalarning kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida tayyorlanadi; Milliy gvardiya o‘quv markazlarida belgilangan tartibda maxsus kasbiy (boshlang‘ich) tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyasi asosida oliy noyuridik ma'lumotga ega bo‘lgan xodimlar egallab turgan lavozimi va pul ta'minoti saqlab qolingan holda Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialida qayta tayyorlanadi. Qarorga ko‘ra, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati 20 yilni tashkil etadi, imtiyozli hisoblanadigan davr xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi. Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yashash yoki xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha qabul qilinadi. Milliy gvardiyaning xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” idoraviy ko‘krak nishoni ta'sis etildi. Qaror bilan Milliy gvardiya xodimlarining xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, xizmatga ixtiyoriy ravishda yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 30 yoshda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tanlov bosqichlaridan o‘tgan ishchi va xizmatchilari orasidan (bundan tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar mustasno) tanlab olish orqali O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi. Nomzod doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmalariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun: harbiy-professional yo‘nalish; dastlabki tanlash; harbiy-professional tanlash; test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi. Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur. Fuqaro yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi. Fuqaro yoshlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza (bildirgi); pasport (harbiy guvohnoma) nusxasi; tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi; nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol; anketa; o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma; ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa); ota-onasining Institutga o‘qishga kirishiga rozilik xati; ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, akademik litseylar va o‘rta maxsus professional ta’lim) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi; Institutga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi); yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasining nusxasi; 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz); davlat sirlaridan foydalanishga ijozat berishning tegishli shakli uchun zarur bo‘lgan hujjatlar; nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (harbiy xizmatchilar mazkur ma’lumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi). Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so‘rab olinishi mumkin. Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Institutga o‘qishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga – harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga esa – harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma); davlat sirlaridan foydalanish uchun tegishli shakl bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma) mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (faqat tegishli shakl bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma)si mavjud bo‘lganlar uchun); harbiy qismlar (muassasalar) va bo‘linmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma. Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling