O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari. Reja
Download 47.6 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasida xizmat otashning tartibi va shrtlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 fevraldan 31 martga
- 10 iyunga qadar
- Test sinovlari
Dastlabki tanlash tadbirlarini
tashkil etish va o‘tkazish Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; yakka tartibda suhbatlashish; individual-psixologik o‘rganish; umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Dastlabki tanlash tadbirlari quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi: a)birinchi bosqich fuqaro yoshlar uchun – yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda, «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilari uchun – ular joylashgan hududdagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda, harbiy xizmatchilar uchun – o‘z xizmat o‘tash joyida 1 fevraldan 31 martga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; yakka tartibda suhbatlashish; birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. b)ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda 1 apreldan 31 mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: individual-psixologik o‘rganish; umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash; takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 10 iyunga qadar Institutga yuboriladi. Nomzodlar bilan harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1 iyunga qadar harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga yuboriladi. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) nomzodlarni reja-jadvalga muvofiq harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi va ularni belgilangan muddatlarda Institutga to‘liq holda etib kelishlarini ta’minlaydi. Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida Institutda o‘tkaziladi. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni o‘rganish; psixofiziologik o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; yozma ish (diktant); kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish; yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Test sinovlari Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi. Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling