O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 0.87 Mb.
bet3/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

Kurs ishining tuzulishi: Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahrdagi iqtisodiy ijtimoiy hayot mavzusidagi ushbu kurs ishi, kirish qismi, asosiy qismdagi 2 bob va 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I.BOB. Temuriylar imperiyasi va undagi ijtimoiy iqtisodiy hayot.
1.1. Temuriylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy hayot.
Xuroson qanday qilib bunchalar katta musulmon zaminiga aylanib qolgani borasida ko‘plab nazariyalar mavjud.
Ayrim siyosatchilar va ularni qo‘llab-quvvatlovchilar (masalan, millatchi hindlarning hindutva harakati tarafdorlari) Islom dini Hindistonga begona ekanini, bu diyorda Islom arab va fors musulmonlari bostirib kelgani uchungina mavjudligini ta’kidlashdan charchashmaydi. Haqiqat esa tamomila o‘zgacha.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning 600-yillardagi hayotlaridan avval ham arab savdogarlarining Xuroson bilan aloqalari bor edi. Savdogarlar ziravor, oltin va Afrika mahsulotlarini sotish uchun Hindistonning g‘arbiy sohillariga muntazam ravishda borib turishgan.
Tabiiyki, arablar Islomni qabul qilgach, o‘zlarining yangi dinini Hindiston sohillariga ham olib kelishdi. Hindistondagi birinchi masjid – “Chereman” masjidi 629 yilda, ya’ni Payg‘ambarimiz alayhissalom hali hayotlik paytlaridayoq barpo Keralada etilgan. Uni Hindistonning ilk musulmon kishisi Cheraman Perumal Bxaskala Ravi Varma qurdirgan. Arablar va hindlar o‘rtasida oldi-sotdi ishlari davom etgani sayin Hindistonning sohil bo‘ylaridagi shahar va qishloqlarida Islom dini keng yoyila boshladi.

__________________________________________________________________________________________Beruniy. Tanlangan asarlar. I tom. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. («Osor ul-boqiya»).T. «Fan», 1968


Muhammad ibn Qosim
Xurosonda odamlarning ommaviy ravishda Islomni qabul qilishi Damashqni o‘ziga poytaxt qilib olgan umaviylar davrida yuz berdi. 711 yilda toiflik 17 yashar Muhammad ibn Qosimga Sind diyorini fath etish vazifasi yuklatildi. Sind – bu subqit’aning shimoli-g‘arbi, hozirgi Pokistondagi Hind daryosining atrofidagi yerlar hisoblanadi.
Muhammad ibn Qosim bu yerga o‘zining 6 ming askardan iborat qo‘shinini olib keldi.
U Hindistonga kelganida ozroq qarshilikka duch keldi. Hind daryosi yoqasidagi Nerun shahrida esa uni shahar boshqaruvini qo‘lga olgan buddaviy rohiblar qarshi oldi. Shunday qilib, Hind daryosi bo‘yidagi shaharlarning ko‘pi hech qanday jangsiz musulmonlarning nazoratiga o‘tdi. Ba’zi hollarda esa hind hukmdorlardan bezor bo‘lgan buddaviylar musulmonlardan yordam so‘radi
Aksar aholi musulmonlardan rozi ekaniga qaramay, Sind hukmdori Daxir musulmonlarga qarshi chiqdi. 712 yilda bo‘lib o‘tgan jang musulmonlarning g‘alabasi bilan tugadi va Sind tamomila ularning nazoratiga o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, Sind aholisi Islomni qabul qilishga majburlanmagan. Insonlarning kundalik hayotida hech narsa o‘zgarmagan. Muhammad ibn Qosim barcha hindlar va buddaviylarga xavfsizlik va din erkinligini va’da qildi. Masalan, brahmanlar soliq yig‘ishni, buddaviylar esa o‘z ibodatxonalarida ibodat qilishni davom ettirgan. Diniy bag‘rikenglik va adolat tufayli Muhammad ibn Qosim va uning armiyasini aksar shaharlarda odamlar raqs va musiqa bilan kutib olgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling