O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


Download 0.87 Mb.
bet8/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress" ("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932-yildan), "Xindustan tayms" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923-yildan), "Tayms of In-dia" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838-yildan), "Steytsmen" ("Davlat arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875-yildan), "Neshnl gerald" ("Milliy xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938-yildan), "Nav bharat tayms" ("Yangi Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik gazeta, 1947-yildan), "Naya patx" ("Yangi yoʻl", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954-yildan), "Forin affers riports" ("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952-yildan), "Hayot" (urdu tilidagi haftanoma, 1963-yildan), "Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878-yildan), "Hindustan" (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "Blits" ("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941-yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947-yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961-yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-yildan, Umumhindiston televideniyesi 1976-yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1959-yildan boshlangan.
Adabiyoti
Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar – "Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan "Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3–4-asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning "Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (qarang Dravidlar)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–18-asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotdaind maʼrifatparvarlik davri boshlandi.
___________________________________________________________________________________________I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari. Beruniy . Tanlangan asarlar, I tom. T. «Fan», 1968.
Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va boshqalar). 1936-yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940–60 yillarda Hindistonda ind progressiv adabiyot namo-yandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti, R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar (yana q. Xsh") adabiyoti).

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling