O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Hindiston hududida sanoat va ishlab chiqarishning o’sishi va bunga arablarning ta’siri


Download 0.87 Mb.
bet11/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

2.2 Hindiston hududida sanoat va ishlab chiqarishning o’sishi va bunga arablarning ta’siri
Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom Haydarning "Boʻysunmas Pan-job", S.Shankarning "Poyezd", G.D.Madgulkarning "Ram haqida qissa" va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960–90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S.D.Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan.
Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqa mashhur.
Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda.
Teatri
Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – "Ramayana" va "Ma-habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-asrda Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi.

___________________________________________________________________________________________I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari. Beruniy . Tanlangan asarlar, I tom. T. «Fan», 1968.


Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-yil bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-yil asos solingan)ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953-yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada "Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-nerva", Teatr markazi, "Tarun opera", Dehlida "Yangi teatr", Bombayda "Dramatik Vint" teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-ras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.
Kinosi
Hindistonda birinchi film 1912-yilda ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissor D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931-yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935, rejissor P.S. Baruat), "Kutmagan edilar" (1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining rejissor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar yaratildi. 1947-yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946, rejissor Xoʻja Ahmad Abbos; "Mazlumlar", 1949, rejissor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951, rejissor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953, rejissor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953, rejissor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissor S.Reyning "Yoʻldagi qoʻshiq" (1955), "Yengilmaganlar" (1957), "Apulning dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rejissor G.Datt "Qogʻoz gullar", "Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi ("Xor", 1975; "Parashuram", 1978, ikkalasining rejissor M.Sen; "Raqib", 1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973, ikkalasining rejissor S.Rey; "Mantxan", 1977, rejissor Sh.Benegal). 1970-yillarda rejissor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla", "Qayerdadir, qachondir", produser R.Kapurning "Bobbi", rejissor R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissor M.Kumarning "Inqilob", rejissor B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd", rejissor A.Gopalakrishnanning "Yuzma-yuz", rejissor G.Aravindoning "Oridad" filmlari shuhrat qozondi. 1990-yillarda rejissor A.Chopraning "Dsvona dil", produser M.Kumarning "Be-tob", "Yarador" kabi vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960-yil Puna shahrida Kinematografiya instituti ochilgan. 1954-yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling