O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti
II.BOB Hindiston hududiga Arablar va Turklar kirib kelishi natijasida Hindistondagi ijtimoiy siyosiy ahvol
Download 0.87 Mb.
|
Hindistonda arablar. kurs ishi
II.BOB Hindiston hududiga Arablar va Turklar kirib kelishi natijasida Hindistondagi ijtimoiy siyosiy ahvol.
2.1.Arablar va Turklar ta’sirida hindistondagi rivojlanish va inqiroz Tasviriy sanʼati Hindiston janubda tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-asrlarda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-asrda miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-asr boshlarida, "Bengaliya uygʻonish davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-markar va boshqalar). Hindiston tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan. ___________________________________________________________________________________________I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari. Beruniy . Tanlangan asarlar, I tom. T. «Fan», 1968. Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari ("Vedalar" – "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy 3–4-asrlar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan. 13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy ("hindustani") va janubiy ("karnatak"). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15–16-asrlar; Kshetrayn, 17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa keng oʻrin olgan. Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan "dhrupad" (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16–17-asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli "xayal" (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida "thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona "kalam", shuningdek, "dadra", "tappa", "tarana"lar ham mavjud. Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi. Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va boshqa ommalashgan. Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling