O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti
Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlari
Download 0.87 Mb.
|
Hindistonda arablar. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gupta davlati
- Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi
Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlari
Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Gupta davlati Hindiston Osiyo qit'asida joylash bo'lib bu davlatlarni rojalar boshqarar edilar. Ular mamlakatni boshqarganda braxmanlar (kohinlar) va kshatriylar (harbiy zadogonlar) tabaqasiga tayanar edi. 320 yilda shimoliy Hindistonning shunday rojalaridan biri Chandragupta I ( 320-340 yil) o'ziga qo'shni rojalarni bo'ysundirib, Gang daryosi havzasida katta davlatga, Gupta davlatiga asos soldi. Bu davlat VI asrning boshlarigacha yashadi. Chandragupta I ning vorislari zamonida, ayniqsa Samudragupta (340-380) va Chandragupta II (380-414) o'zlarining bosqinchilikdan iborat siyosatlari bilan nom qoldirdilar. Gupta davlati Gang daryosining quyi oqimini ham, to uning dengizga quyiladigan joygacha, shuningdek Dekan yassi tog'laridan to Norbad daryosigacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shahri edi. Gupta podsholari Eron bilan qizg'in savdo - sotiq ishlarini olib borib, O'rta Osiyolik qabilalarining hujumlarini uzoq vaqt qaytara oldilar. Gupta davrida Hindiston madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy qildi. Hozirgi Hindistonda eng keng tarqalgan hinduizm dinining vujudga kelishi ham o'sha davr bilan bog'liqdir. Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumida asosan quldorlik tuzumi saqlanib qolgan edi. Qullar mehnatidan irrigatsiya, qishloq xo'jaligida, og’ir mehnat talab qilinadigan ishlarda, uy ro'zgor ishlarida foydalanilar edi. Qullar Osiyo va Afrikadan keltirilar edi. Gupta davrida aholi Kastalarga (tabaqalarga) bo'lingan bo'lib, ularning 4 ta turi mavjud edi: -1. braxmanlar (kohinlar) -2. Kishatriylar (jangchilar) -3. vayishiyalar (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar) -4. Shudralar (sobiq qullar, past tabaqalar, "kishi hazar qiladigan" ishlarni bajaruvchi kishilar) O'rta asrlarda davlat braxmanlar va kshatriylar ixtiyorida edi. Ularning juda ko'p yerlari va qullari bor edi. ___________________________________________________________________________________________I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari. Beruniy . Tanlangan asarlar, I tom. T. «Fan», 1968. Gupta davrida kastalarning miqdori bir necha o'n turdan oshdi. Eng past kastalarning haq - huquqsizligi, xo'rlanishi quldorlik tuzumining idiologiyasining eng yorqin ifodasi edi. Hindistonda quldorlik tuzumi bilan birga goyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan jamoa dehqonchiligi ham mavjud edi. Hindistondagi jamiyat shu yacheyka ustida qurilgan edi. Hindistonning ijtimoiy hayotida qishloq jamoasining ahamiyati K.Maris shunday tavsiflab bergan edi. "...Hindistonning butun mamlakat yuzasiga yozilgan aholisi kichkina - kichkina markazlarni tashkil etib, bu markazlar sanoat bilan qishloq xo'jaligi o'rtasidagi xonaki aloqa asosidayashaydi ..." Har bir qishloqning ma'lum miqdorda ekinzor yeriva yaylovi bor edi. Qishloqda dehqonchilik bilan hunarmandchilik qo'shib olib borilar edi. Qishloqni oqsoqollar boshqarar edi. (Demak ular o'z boshidan patriarxal ishlab chiqarish davridan kechirayotgan edi). Gupta podsholarining iqtisodiy qudrati birinchi navbatda xuddi ana shu behisob dehqon jamoalarini eksplutatsiya qilishga asoslangan edi. Albatta, shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Gupta davri Hindistonda quldorlik tuzumining yemirilishi va feudal tuzumi munosabatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi . Bu holatni bir qancha faktlar misolida ko'rish mumkin edi: Qullar tez-tez erkin qoyib yuboriladigan, ma'lum xizmatlarni o'tash sharti bilan ularga uncha katta bo'lmagan yer uchastkalri ajratib berilar edi. Podsho ixtiyoridagi yerlar qullarga ijaraga berilar edi. - Katta oilalar mayday -mayda oilalarga bo'linib ketdi. - Katta-katta oilalarga qarashli chek yerlari ham parchalanib ketdi ; bunda to'ngich o'giliga, ukalariga qaraganda yer ko'proq ajratib berilar edi. Jamoa ichida eksplutator qatlamlar paydo bo'laboshladi. Bularning hammasi natijada feodal munosabatlari butun mamlakat boylab keng yoyilishiga olib keldi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling