O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli buyrug‘iga ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish


Download 0.73 Mb.
bet2/6
Sana23.12.2021
Hajmi0.73 Mb.
#182659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G'AZNACHILIK

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli buyrug‘iga ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish

Umumiy qoidalar

Budjet tizimi budjetlari va boshqa maqsadli jamg‘armalar budjetlari (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) daromadlari va mablag‘lari xarajati hisobi bo‘yicha operatsiyalarni yuritish maqsadida budjet tizimi budjetlarining tegishli darajalari, budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar, BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchilar uchun moliya organlari va davlat maqsadli jamg‘armalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “O‘RMV” ATda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti budjet tasnifining tegishli kodlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.


BMJ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda XTR deb yuritiladi) — budjet tashkilotiga yoki budjet mablag‘lari oluvchiga Moliya vazirligi G‘aznachiligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan beriladigan, XTRda ko‘rsatilgan vaqt davridan boshlab budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi uning doirasida moliyaviy majburiyatlar qabul qila oladigan va kassa xarajatlarini amalga oshira oladigan budjetdan ajratilgan mablag‘lar summasini aks ettiruvchi hujjat;

“O‘RMV” AT — tegishli budjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling