O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari va funksiyalari
Download 30.68 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi
Vazirlar Mahkamasi davlat budjetini ishlab chiqish va ijrosini tashkil qiladi, davlatning pul va kredit tizimini musatahqamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga hayrixohlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ixtiyorida bo‘lgan davlat budjetdan tashqari fondlarini shakllantirish va foydalanish masalalarini hal etadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat budjetini ijro etish bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlarining ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Bundan tashqari, mustasno tariqasida Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish hajmlari va davlatning ichki va tashqi qarzlarini oshirish chegaralari to‘g‘risidagi, soliqlarning va davlat bojlarining stavkalarini o‘rnatish va o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqiladi.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimiyatlar o‘zlarining vakolatlari doirasida tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning moliyasini boshqarishni ta’minlaydilar. Jumladan, bu organlar, mahalliy budjetlar loyihalarini ishlab chiqishni, ularni tasdiqlash va ijrosini, shuningdek bu budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlashni amalga oshiradilar, qonunchilik bo‘yicha mahalliy budjetlarga kelib tushuvchi mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar hajmlarini va ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydilar. Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ikkinchi guruhini tarmoq va maxsus huquq doirasidagi ijroiya hokimiyati organlari tashkil etadi. Tarmoq huquq doirasidagi organlarga ular uchun moliya faoliyati asosiy bo‘lmagan vazirliklar, idoralar va boshqa tarmoq boshqaruv organlari kiradi. Bu organlar tomonidan moliya faoliyati ularning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy qurilish qismi tomonidan yuklatilgan ko‘rsatma bo‘yicha tarmoq boshqaruv organlari sifatidagi o‘zini asosiy funksiya va vazifalarini bajarish munosabati bilan amalga oshiriladi. Ko‘rastib o‘tilgan boshqaruv organlari, idoraviy bo‘ysinuvdagi muassaslarning smetalarini tasdiqlash, tarmoq dorasida pul mablag‘larini taqsimlash va boshqa moliyaviy funksiyalar sifatidagi moliyaviy faoliyatning funksiyalarini bajarsalarda, tarmoq boshqaruv organlari bo‘yicha qolaveradilar va ularning vakolatlari davlat boshqaruvining u yoki bu sohasi doirasidan chetga chiqmaydi. Maxsus huquq doirasidagi organlarga faqatgina ularning asosiy vazifasi moliya faoliyati bo‘lgan davlat organlari kiradi hamda ular bunday vazifalarni hal etish uchun maxsus tuziladilar. Bu bilan ular, tarmoq huquq doirasidagi organlardan farqli o‘laroq, tarmoqlararo, idoralar usti xarakteridagi maxsus vakolatlarga ega bo‘ladilar va barcha boshqa davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga moliya sohasida ularning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha majburiy bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat boshqaruvi organi hisoblanib, yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. “O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlarining moliya boshqarmalari, shahar va tuman hokimiyatlarining moliya bo‘limlari kiradi. Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat. Moliyaning turli darajalari: - Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi. Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi. - Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi. - Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi. 1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi. - Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida). -Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga. - Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga. - Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga. - Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi. 2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi. Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat. Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi. Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi. Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi. Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi. Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi. Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi. Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish, ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling