O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari va funksiyalari


Download 30.68 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi30.68 Kb.
#1240085
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari va funksiyalari.

Reja:


  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining funksiyalari

  2. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari



1.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining funksiyalari

1)respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;


2)respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi, moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
3)amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;
4)respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablagʻ bilan taʼminlashni va byudjet mablagʻlari hisobidan roʻyobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradiOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika byudjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
5)joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
6)xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.
Davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlatning barcha hokimiyat va boshqaruv organlari ishtirok etadi. Ularning har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy faoliyatini xarakteri va mazmuni sezilarli farq qiladi, chunki mazkur organlarning vazifalari va huquqiy mavqei turlichadir. Shularni hisobga olib, davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruhni davlatning vakillik organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari) va o‘zining funksiyalari bilan bir qatorda tegishli hududlar – davlat yoki alohida ma’muriy-hududiy birliklar ko‘lamida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatdagi ijroiya hokimiyati organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar) tashkil qiladi. Bu organlarning moliya faoliyati sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ularning huquqiy maqomini belgilovchi me’yoriy hujjatlarda (“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunlar) mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladi (Konstitutsiyaning 78-moddasi), moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qo‘rilmasini belgilaydi (Konstitutsiyaning 122, 124-moddalari). Uning o‘zi davlatni moliya faoliyatining muhim masalalari yuzasidan qonunlar qabul qiladi (misol uchun, budjet tizimi to‘risida, soliqlar to‘g‘risida, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, valyutani tartibga solish to‘g‘risida va h.k.).

Download 30.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling