O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari va funksiyalari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari
Download 30.68 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi
2.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari1)moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash; 2)respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish; 3)rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish; 4)moliya va narx mexanizmining aksil xarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish; 5)moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablagʻ bilan taʼminlash usullarini takomillashtirish; 6)sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish. Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan. Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi: - Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar. Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan. - Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari. - Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar. - Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi. -Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga - Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga. - Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash. -Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish. - Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish. - Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar. Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir. Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan: Moliya tizimini boshqarish O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23 noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan. Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: Davlat budjeti loyixasini tayyorlash Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish. Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish. Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling