O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari


Download 1.46 Mb.
bet127/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari
“Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)” yo‘nalishi bo‘yicha “Harbiy radioaloqa tizimlari va ularni qo‘llash” fanni o‘rganish natijasida kursantlar:
quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim:
kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli va raqamli radiostansiyalarning tuzilish asoslarini, ularni boshqarish va foydalanish variantlari haqida;
radioaloqani tashkillashtirish tamoyillarini, radiotarmoqda va radioyo‘nalishda ishlash tamoyillari haqida;
kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli va raqamli radiostansiyalarining tuzilish tamoyillari va ularning jangovar qo‘llanishi haqida;
kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli varaqamli radiostansiyalarida texnik xizmatni tashkillashtirish va o‘tkazish, hamda aloqa xavfsizligi talablarining bajarilishi haqida.
quyidagilarni bilishi va qo‘llay olishi:
o‘rganilayotgan texnikaning TTK, moddiy qism tarkibini, umumiy qurilmasini, strukturali chizmasini, uning jangovar qo‘llanishini, ekspluatasiya va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini;
radioaloqa kanalining tavsiflari va ko‘rsatkichlarini, ularning me’yorlardan og‘ishi mumkin bo‘lgan, aloqa kanali ko‘rsatkichlarini o‘lchash tartibini;
aloqa vositalarining elektrta’minot tizimida, shaxsiy tarkibning texnika xavfsizligini ta’minlashni;
harbiy aloqa texnikalarini masofadan boshqarish tamoyillarini;
zamonaviy jangda aloqa vositalarining ta’mirlanishi va saqlanishi, xizmat ko‘rsatilishi, ekspluatasiya qoidalarini tashkillashtirishni belgilovchi asosiy boshqaruv hujjatlarini;
stansion ishlatish xizmati qoidalarini va stansiya (apparatxona) ekipajlari mansabdor shaxslarining majburiyatlarini;
stansiya (apparatxona) larni ishga tayyorlashni, yoyish va yig‘ish tartibini, ularning ishlash qobiliyatini tekshirishni, har xil rejimlarda aloqa o‘rnatish tartibini, kanalni ekspluatasiyaga topshirishni;
aloqa vositalarining ekspluatasiyasi va texnik xizmatni o‘tkazish jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha asosiy yo‘riqlarni;
qurol-aslaha va harbiy aloqa texnikalarini belgilangan jangovar shaylik darajasiga keltirishni, uning texnik holatini tekshirishni;
belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishni;
bo‘linmada shtatdagi aloqa texnikalarining ishlash qobiliyatini tekshirishni, aloqa o‘rnatishni;
harbiy aloqa texnikalarini tamirlashni va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishda, ekspluatasiya qilishda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlarni o‘tkazishni;
bo‘ysunuvchilar bilan mashg‘ulotlarni uslubiy to‘g‘ri o‘tkazishni va tashkil qilishni;
aloqa vositalarida ishlash bo‘yicha me’yorlarni va o‘quv topshirilarini bajarishni;
bo‘linmada shtatdagi texnikalarning texnik hujjatlarini to‘g‘ri yuritishni;
aloqa vositalari, qurol-aslaha va texnikalarda KTX, 1-TX, 2-TX hajmida texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishni.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling