Ta’lim yo‘nalishi:
|
|
61030700 – Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)
|
Fan/modul kodi
RO‘Q4
|
O‘quv yili
2021-2023
|
Semestr
8, 9
|
Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2/2
|
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlai
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami uklama (soat)
|
Radio aloqani o‘rnatish qoidalari
|
60
|
60
|
120
|
|
I. Fanning mazmuni
“Radioaloqani o‘rnatish qoidalari” fani hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish asrida eng dolzarb fanlardan biri hisoblanadi. Qo‘shinlar boshqaruvini tashkillashtirishda shahsiy tarkibni radioaloqani o‘rnatish qoidalarini bilish yuqori darajadagi boshqaruvni ta’minlaydi. Aniq maqsadlar bo‘yicha qo‘shinlar boshqaruvini tashkillashtirishda ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish va boshqaruv signallarining o‘tishini tashkillashtirishda “Radioaloqani o‘rnatish qoidalari” fanni o‘rganish aloqachi mutaxassislar o‘rganishi zarur hisoblanadi. Ushbu fan qo‘shilma va harbiy qismlarda radioaloqani o‘rnatish qoidalari va radioaloqa vositalarida so‘zlashuv olib borish tartiblarini bo‘yicha yuqori darajada bilimga ega bo‘lishga yetaklaydi.
Fanni o‘rganishning asosiy vazifalaridan biri kursantlarda qo‘mondonlik va uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Kursantlar fanni o‘rganishni boshlashidan oldin fizika, elektromagnit maydon va to‘lqinlar, radioto‘lqinlarning tarqalishi va antenna-fider qurilmalari, raqamli texnika va mikroprotsessorlar, informatika va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha nazariy asoslarni bilishlari shart.
Fanning asosiy maqsadi:
yuqori malakali aloqa qo‘shinlari ofitserlarini tayyorlashda O‘R QK tizimida qo‘llaniladigan radioaloqa vositalari to‘g‘risida tushincha berish va ularning umumiy tuzulishini o‘rgatish, ishlatish (dasturlash) qoidalarini o‘zlashtirish hamda radio aloqa vositalarini yoyish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatishdagi xavfsizlik qoidalari bo‘yicha ma’lumotlarni chuqur o‘rgatish hisoblanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |