O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi


Download 1.46 Mb.
bet17/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


4-kurs 7-semestr
Harbiy huquq asoslari” bo’limi
1-mavzu. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruvi
va mudofaasini ta'minlashning huquqiy asoslari.

Huquqning mohiyati va kelib chiqishi. Harbiy huquq, uning huquq tizimidagi o’rni va funksiyalari. Harbiy normativ-huquqiy hujjatlar va ularning turlari. O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi, “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi ularning harbiy qonunchilik tizimi (sistemasi)dagi o’rni va ahamiyati.
Harbiy huquq asoslari fanining ofiser kadrlarni tayyorlashdagi o’rni va ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlat xavfsizligi va mudofaasi haqida. Mudofaani tashkil etishning hamda O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslari. Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Mudofaani tashkil etish.
2-mavzu. Harbiy hizmatchilarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va huquqiy tarbiyasi.
Huquqiy ong tushunchasi. Huquqiy ongni harbiy xizmatchilarning hayot faoliyatidagi asosiy vazifalari va o’rni. Huquqiy madaniyat. Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning asosiy vazifa va yo’nalishlari. Huquqiy tarbiyaning asosiy vositalari. Huquqiy madaniyat-inson umumiy madaniyatining bir qismi sifatida. Huquqiy targ’ibotning usul va shakllari, vositalari, tashkil etish. Huquqiy minimum tushunchasi.
Harbiy xizmatchilarni huquqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini shakllantirish yo’llari.
3-mavzu. O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi, uni komandirning kundalik faoliyatida qo’llash tartibi.
Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik. Yuridik javobgarlikning turlari, ularning asoslari va amalga oshirilish tartibi. Intizomiy ma’muriy, jinoiy, moddiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va mazmuni. Harbiy jinoyat tushunchasi.
Harbiy xizmatchilarning yuridik javobgarligi xususiyatlari. Javobgarlikni kelib chiqish tartibi.
O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar: Davlatga xoinlik qilish; O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish; O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy tizimiga tajovuz qilish; Josuslik; qo’poruvchilik; Davlat sirlarini oshkor qilish; Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarini yo’qotish.
Harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatlar: bo’ysunish va harbiy sha'nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar; harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatlar; harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar; harbiy mansabdorlik jinoyatlari.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling