3.
|
V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
harbiy psixologiya va pedagogika predmetining maqsadi va vazifalarini; harbiy-kasbiy faoliyatning, jangovar vaziyatlarning psixologik xususiyatlari; harbiy jamoa va harbiy intizom psixologiyasini, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish usullarini; pedagogik mahorat va madaniyatni oshirishning nazariy asoslarini, ta'lim-tarbiya davomida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni; O‘R QK tarbiyaviy, mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini; tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning maqsad va vazifalarini (bilim);
harbiy jamoaning va harbiy xizmatchilarning individual-psixologik o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish; jangovor vaziyatlarda bo‘linmalarda barqaror ahloqiy-ruhiy holatni ta'minlash, psixologik yordam ko‘rsatishni; tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni asosiy yo‘nalishlari, shakl va uslublarini samarali qo‘llagan holda harbiy xizmatchilarni yuksak vatanparvarlik, sadoqat, halollik va fuqarolik ruhida tarbiyalay olish; tarbiyaviy, mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish (ko’nikma);
ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik ishlarining mazmun-mohiyatini, tashkillashtirish shakl va uslublarini; tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning asosiy shakl va uslublarini tashkillashtirish va qo‘llashni; dala o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘shinlar xizmati davomida shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirishning o‘ziga xos jihatlarini, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va axloqiy-ruxiy ta’minotning asoslarini bilish; o‘tkazilayotgan tarbiyaviy, mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tahlil qilish va yakunlarni o‘tkazish uslubiyatini (malaka).
|
4.
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
“Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyati” fanini o’qitish ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar va mustaqil topshiriqlarni o’z ichiga oladi.
Kursantlarni mustaqil va erkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, “Bumerang”, “Zinama-zina”, “Fikrlar hujumi” (aqliy hujum), “Charxpalak”, “3 x 4”, “Muammo”, “Labirint”, “Blis-so’rov”, “Skorobey”, “Interfaol suhbat”, “T-sxema”, “Klasster”, “FSMU”, “VEN-diagramma”, SWOT-tahlil” va boshqa (R.Ishmuhammedov, M.Yuldashev, Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar, T.: Nihol, 2013) interfaol metodlardan foydalaniladi.
Seminar va amaliy mashg’ulotlar davomida ta’limning
- kichik guruhlarda ishlash;
- individual topshiriqlarni bajarish;
- muammo;
- “Keys stadi” va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Nazariy mashg’ulotlar davomida, kursantga mavzuning ilmiy-nazariy asoslari yoritib yo ‘nalish beriladi.
Ma’ruza va unga oid seminar mashg’ulotlari yakunida (joriy va oraliq), barcha mavzularini to’la o’zlashtirgan kursantlarga yakuniy nazoratda (semestr yakunida) ishtirok etishga ruxsat beriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |