IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim jarayonida tinglovchi va kursantlar tomonidan tayyorlanadigan yakuniy ishlar shakli turli ko‘rinishlarda (referat, prezentasiya, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mustaqil ta’lim mavzulari
Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida kursantlar tomonidan yakuniy ishlar shakli referat yoki muammoli ma’ruza quyidagi mavzular bo‘yicha tayyorlanadi:
Radiorele stansiyalari toifalari namunalari. Radioaloqaning demaskirovka belgilari va unga qarshi kurashish usullari. R-409 radiorele stantsiyasi modifikatsiyalari haqida ma’lumotlar. Aloqa apparatxonalarining elektr ta’minot manbalari namunalari haqida ma’lumotlar. R-409 radiorele stantsiyasi radiouzatuvchi va radioqabul qiluvchi qurilmalari. Zamonaviy analogli (raqamli) zichlash qurilmalari (multipleksorlar).
R-409 RRSning umumiy struktura chizmasi. Radiorele stansiyalarni va ularning antenna-machta qurilmalarini yoyish uchun joy tanlash shartlari. TCh kanalining elektr xarakteristikalari (qolqiqli so‘nish ko‘rsatkichi). TCh kanalining elektr xarakteristikalari (amplituda xarakteristikasi). TCh kanali elektrik xarakteristikalari va ularni o‘lchash tartibi. Aloqa liniyalarining elektr parametrlari va ularni o‘lchash.
R-419 radiorele stansiyasi va uning modifikatsiyalari. R-415 radiorele stansiyasi va uning modifikatsiyalari. RRSni yoyishda xavfsizlik qoidalari. RRSlarning ish rejimlari. Radiorele stansiyalarining antenna-machta qurilmalari. Antennani yustirovka qilish. Ekspluatatsion-texnik va tezkor-texnik hujjatlar va ularni yuritish tartibi. Zamonaviy raqamli radiorele stansiyalari. Radioto‘lqinlarning diapazonlar bo‘yicha tarqalish xususiyatlari. Dala axborot kommunikatsiya majmualarining turlari.
Keltirilgan mavzular bo‘yicha bajarilgan ishning namoishi taqdim qilinadi va himoyasi o‘tkaziladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |