O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet200/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlar kursantlar tomonidan mustahkam amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun mo‘ljallangan.
Tarmoq qurilmalarida aloqani tashkillashtirish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini, aloqa tarmog’ining tuzilishi va axborot almashish jarayonini tashkillashtirish tartibini rasmiylashtirish o‘rgatiladi.
O‘qituvchilar barcha turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, kursantlarning yakka tartibdagi sifatlariga ko‘proq javob beradigan va o‘quv materiallarini ular tomonidan yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlaydigan, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantiradigan o‘qitish usul va vositalarini tanlaydilar.
O‘quv dasturini kursantlar tomonidan o‘zlashtirilishining joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida olib boriladi.


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim jarayonida tinglovchi va kursantlar tomonidan tayyorlanadigan yakuniy ishlar shakli turli ko‘rinishlarda (referat, prezentasiya, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mustaqil ta’lim mavzulari
Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida kursantlar tomonidan yakuniy ishlar shakli referat yoki muammoli ma’ruza quyidagi mavzular bo‘yicha tayyorlanadi:
Paketli tarmoqlarda xizmat sifati ko‘rsatkichlari. Keyingi konvergent tarmoqlarda IPTV. Keyingi konvergent tarmoqlarda audio va video ma’lumotlar uzatish asoslari. Videokonferensiya tashkil etishning apparat va dasturiy yechimlarini tanlash. Keng polosali abonent kirish tarmoqlarning fundamental asoslari. Universal abonent kirish va keyingi avlod abonent kirish tarmoqlari. Universal mediashlyuzlardan foydalanilishi. Fiksatsiyalangan tarmoqlarda kommutatsiya funksiyasi. IMS protokollari. Internet va NGN. Keng polosali tarmoqlarda P2P (xar bittasi xar bittasi bilan) xizmati asoslari. Keng polosali tarmoqlarda marshrutlash prinsiplari. Tarmoq arxitekturasi va protokollari. Webinar va uning asosiy tushunchalari. IP protokoli orqali manzillash. IP tarmoqlarni qism tarmoqlarga bo‘lish. Videokonferensiya tashkil qilishning asosiy talablari. Zamonaviy vebinarlar va ularni tashkil etish uchun yechimlar. Videofayl formatlari va standartlari. GPSS World, AnyLogic va boshqa tarmoqni liyihalashtirish dasturlari imkoniyatlarini o‘rganish.
Mustаqil o‘zlаshtirilаdigаn mаvzulаr bo‘yichа kursаntlаr tomonidаn referаtlаr tаyyorlаnаdi vа uni tаqdimot ko‘rinishida ximoyasi o‘tkaziladi.
Keltirilgan mavzular bo‘yicha bajarilgan ishning namoishi taqdim qilinadi va himoyasi o‘tkaziladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling