O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 1.46 Mb.
bet79/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim ucuh mavzular:
Harbiy-muhandislik tayyorgarligi bo‘yicha
Amerika qo‘shma shtati davlatining mihandislik ta’minoti vazifalari. Germaniya davlatining mihandislik ta’minoti vazifalari. Gabion qurilmasi. Maxsus texnikalar uchun inshoatlar. Piyodaga qarshi minalarni zararsizlantiruvchi vositalar. Tankka qarshi minalarni zararsizlantiruvchi vositalar. Piyodaga qarshi minalarni o‘rnatish chizmasi. Tankka qarshi minalarni o‘rnatish chizmasi. Piyodaga va tankka qarshi minalarning taktik-texnik tavsifi.
Radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza
Yadroviy quroli birinchi marta qaerda qo‘llanilgan va kelib chiqish tarixi. Kimyoviy quroli birinchi marta qaerda qo‘llanilgan va kelib chiqish tarixi. Biologik quroli birinchi marta qaerda qo‘llanilgan va kelib chiqish tarixi. Shaxsiy himoya vositalariga xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash muddati. Zamonaviy shaxsiy himoya vositalari haqida ma’lumotlar. Ommaviy qirg‘in qurolidan himoyalanish tartibi.
Mustaqil ta’lim jarayonida tinglovchi va kursantlar tomonidan tayyorlanadigan yakuniy ishlar shakli turli ko‘rinishlarda (referat, prezentasiya, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mustaqil o‘zlashtiradigan mavzular bo‘yicha kursantlar tomonidan referatlar, prezentatsiyalar va ma’lumotnomalar tayyorlanadi va uni taqdimoti hisobot shaklida tashkil qilinadi.

3.

V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
Fanlarni o‘rganish natijasida kursantlar:
quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim:
brigada muhandis-sapyor bo‘linmalarini tashkillanishi, qurollanishi, imkoniyatlari va jangovar qo‘llanishi asosiy prinsiplari haqida;
harbiy-muhandislik ishlarini bajarishda asosiy muhandislik qurol-aslahalari haqida;
suvli to‘siqlardan o‘tish uchun kechuvlarni jihozlash haqida;
suv chiqarish, tozalash va suv bilan ta’minlash punktlarini jihozlash haqida.
yadroviy, kimyoviy, biologik yondiruvchi qurollar va maxsus vositalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning jangovar xossalari va ta’sir etuvchi omillari;
dushman tomonidan radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik) muhofaza qurollari qo‘llanilganda, atom energetikasi va kimyoviy sanoat korxonalarida halokatlar, vayrongarchiliklar sodir bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar va ularning oqibatlari;
zararlanish o‘choqlarida davolash-evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komandirlarning majburiyatlari;
dushman biologik qurollarni qo‘llaganda kasalliklar tarqalib ketishini oldini olish usullari;
brigadalardagi RKB muhofaza bo‘linmalarining tashkiliy tuzilishi va imkoniyatlari;
radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik) muhofaza va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning biosfera tuzilishi va ekosistemaga ta’siri haqida.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling