O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari
Download 1.46 Mb.
|
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311
V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari
“Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)” yo‘nalishi bo‘yicha “Harbiy radioaloqa tizimlari va ularni qo‘llash” fanni o‘rganish natijasida kursantlar: quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim: kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli va raqamli radiostansiyalarning tuzilish asoslarini, ularni boshqarish va foydalanish variantlari haqida; radioaloqani tashkillashtirish tamoyillarini, radiotarmoqda va radioyo‘nalishda ishlash tamoyillari haqida; kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli va raqamli radiostansiyalarining tuzilish tamoyillari va ularning jangovar qo‘llanishi haqida; kam quvvatli uzatuvchi-qabul qiluvchi analogli varaqamli radiostansiyalarida texnik xizmatni tashkillashtirish va o‘tkazish, hamda aloqa xavfsizligi talablarining bajarilishi haqida. quyidagilarni bilishi va qo‘llay olishi: o‘rganilayotgan texnikaning TTK, moddiy qism tarkibini, umumiy qurilmasini, strukturali chizmasini, uning jangovar qo‘llanishini, ekspluatasiya va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini; radioaloqa kanalining tavsiflari va ko‘rsatkichlarini, ularning me’yorlardan og‘ishi mumkin bo‘lgan, aloqa kanali ko‘rsatkichlarini o‘lchash tartibini; aloqa vositalarining elektrta’minot tizimida, shaxsiy tarkibning texnika xavfsizligini ta’minlashni; harbiy aloqa texnikalarini masofadan boshqarish tamoyillarini; zamonaviy jangda aloqa vositalarining ta’mirlanishi va saqlanishi, xizmat ko‘rsatilishi, ekspluatasiya qoidalarini tashkillashtirishni belgilovchi asosiy boshqaruv hujjatlarini; stansion ishlatish xizmati qoidalarini va stansiya (apparatxona) ekipajlari mansabdor shaxslarining majburiyatlarini; stansiya (apparatxona) larni ishga tayyorlashni, yoyish va yig‘ish tartibini, ularning ishlash qobiliyatini tekshirishni, har xil rejimlarda aloqa o‘rnatish tartibini, kanalni ekspluatasiyaga topshirishni; aloqa vositalarining ekspluatasiyasi va texnik xizmatni o‘tkazish jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha asosiy yo‘riqlarni; qurol-aslaha va harbiy aloqa texnikalarini belgilangan jangovar shaylik darajasiga keltirishni, uning texnik holatini tekshirishni; belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishni; bo‘linmada shtatdagi aloqa texnikalarining ishlash qobiliyatini tekshirishni, aloqa o‘rnatishni; harbiy aloqa texnikalarini tamirlashni va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishda, ekspluatasiya qilishda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlarni o‘tkazishni; bo‘ysunuvchilar bilan mashg‘ulotlarni uslubiy to‘g‘ri o‘tkazishni va tashkil qilishni; aloqa vositalarida ishlash bo‘yicha me’yorlarni va o‘quv topshirilarini bajarishni; bo‘linmada shtatdagi texnikalarning texnik hujjatlarini to‘g‘ri yuritishni; aloqa vositalari, qurol-aslaha va texnikalarda KTX, 1-TX, 2-TX hajmida texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishni. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling